Zoyir Mirzayev haydovçilik imtihonidan ötdi
Zoyir Mirzayev imtihondan yiqilmadi
Ohangarondagi «Toşkent viloyati imtihon markazi»ning oçiliş marosimida Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ham iştirok etdi va sinov tariqasida özi ham amaliy imtihon topşirib kördi.
Köpçilik kelganlar garçi sinov tariqasida bölsa ham, bunaqa imtihondan ötişni istamaydi, mabodo yiqilsa, uyalib qolişdan qörqadi. Biz ham hokim rulga ötirib, imtihonni boşlagan payti özaro bir-birimizga «agar ötolmasa, şu joyning özida hokimning "prava"sini olib qöyiş kerak» deb hazillaşdik😃
Lekin "niyatimiz" amalga oşmadi. Hokim imtihondan öta oldi. Töğri, Zoyir Mirzayev 80 minus ball ham oldi, lekin tartibga köra, uşbu ball imtihondan ötiş uçun yetarli deb hisoblanadi.
«Ança yildan buyon rulga ötirmagandim, adaşmasam 1988-yilda imtihon topşirib haydovçilik guvohnomasi olganman. Lekin yöl qoidalarini yaxşi bilib, körsatmalarga amal qilsa, bemalol topşirsa bölar ekan. "Parkovka"da sal qiynaldim, maşina haydab turmaganim şunda bilindi», — dedi Zoyir Mirzayev.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1305

