Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Haydovçilik imtihon markazlari faoliyati böyiça deputat sörovi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev saylovçilardan bölayotgan murojaatlarni inobatga olib, Toşkent şahrida haydovçilar uçun imtihon oluvçi «Toşkent imtihon markazi» faoliyati va davlat imtihon markazlari yopilişida isteʼmolçilar huquqlari masalasida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga “deputatlik sörovi” kiritgan ekan.

Qömitaning deputatga bergan javobida aytilişiça, Prezidentning 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-sonli qarorning 1-bandi, törtinçi xatboşida tegişli hududlarda davlat funksiyalari ötkazilayotgan sohalarda yetarli miqdorda xususiy sektor subyektlari taşkil etilguniga qadar mazkur funksiyalarning davlat organlari va taşkilotlari tomonidan ham amalga oşirilişi körsatib ötilgan.

Biroq şunga qaramay hozirgi kunda respublikaning baʼzi hududlarida (Qaşqadaryo viloyatida 2 ta, Surxondaryo viloyatida 3 ta hamda Toşkent viloyatida 6 ta) Içki işlar vazirligi tizimidagi Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining nazariy va amaliy imtihonlarni ötkaziş markazlari faoliyati töxtatilgan.

Şuningdek, Qömita Prezident qarorida aynan bir taşkilotga eksklyuziv huquqlar berilmagani hamda tegişli litsenziyaga ega bölgan barça tadbirkorlik subyektlariga haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlarni oliş huquqi berilganini alohida taʼkidlagan.

Xulosa:

1) biror hududda davlat xizmati töxtatilib, faqat xususiyga ötkazilayotganda avval körsatilayotgan xizmatlar kölami kam bölmasligi kerak;
2) Yetarli miqdor bölmasidan xizmatlar töxtatilgan hudud 3 ta: Qaşqadaryo, Surxondaryo va Toşkent viloyati.

Kuşerbayevning uşbu postiga «Toşkent imtihon markazi» asosçisi Komil Allamjonov ham munosabat bildiribdi. Uning aytişiça, Toşkent şahrida işga tuşirilgan avtomatlaştirilgan imtihon markazi Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga töliq mos ravişda faoliyat yuritmoqda. Sababi ilgari Toşkentda davlat imtihon markazlari kuniga 400 kişidan imtihon olgan. Yangi markaz esa kuniga 800 dan ortiq talabgordan imtihon oliş quvvatiga ega. Va şu paytgaça bir kunda 200 kişi ham kelmabdi.

Faoliyati töxtatilgan viloyatlarga esa «Toşkent imtihon markazi»ning aloqasi yöq. Baribir talabgorlar Qaşqadaryo yoki Surxondaryodan kelib, faqat bilim talab qilinadigan Toşkentda imtihon topşirmaydi.

Komil Allamjonov munosabatining sönggida Rasul Kuşerbayevning işlariga omad tilab, uni zamonaviy imtihon markaziga taklif qilgan. Markazda köpçilik bilimi yetarli bölmagani uçun imtihondan öta olmayotganini, şu sababli deputatdan saylovçilarini köproq öqişga, bilim olişga çaqirişini söragan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 955
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek