17 ta turdagi hujjat va maʼlumotnomalarni söraş taqiqlandi

Matn24-mart, 2021, 13:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

17 ta turdagi hujjat va maʼlumotnomalarni söraş taqiqlanmoqda

Prezident farmoniga köra, 2021-yil 1-iyundan boşlab davlat organlari, xöjalik birlaşmalari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, davlat taşkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, şu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan:

a) quyidagi faktlarni tasdiqlovçi hujjatlarni:

— ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi;

— narkologiya böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi;

— sudlanganlik;

— manzil-maʼlumot axboroti;

— fuqaroning nomida şaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;

— turar joyning maydoni;

— soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;

— soliq tölovçi jismoniy şaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyilganligi;

— pensiya va nafaqa miqdori;

— pensiya va nafaqa oluvçilar röyxatida mavjud yoki mavjud emasligi;

— nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;

b) quyidagi hujjatlarni:

— şaxsni tasdiqlovçi hujjatning nusxasi;

— şaxsning belgilangan şakldagi fotosurati;

— tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining maʼlumotnomalari;

— mehnat daftarçalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlaş jarayonida uşbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali oliş imkoniyati mavjud bölmagan hollarda söraş bundan mustasno);

— iş haqi va iş stajini, oliy va örta maxsus taʼlim muassasasida öqiganlikni tasdiqlovçi arxiv maʼlumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlaş jarayonida uşbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali oliş imkoniyati mavjud bölmagan hollarda söraş bundan mustasno);

— kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qiliş bekor qilinadi.

Uşbu hujjat yoki maʼlumotlarning davlat organlari va taşkilotlari tomonidan aholidan talab qilinişi davlat xizmatlari körsatiş sohasidagi qonunçilik hujjatlari talablarini buziş deb hisoblanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek