Davlat xizmatlaridagi byurokratiyani kamaytiriş böyiça Farmon

Matn11-dekabr, 2020, 17:142 daqiqa0 koʻrish

Salom zamonaviylik, xayr byurokratiya!

Davlat xizmatlarini körsatişda byurokratizm, sansalorlik va boşqa maʼmuriy tösiqlarni bartaraf etiş, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirişga qaratilgan Prezident Farmoni loyihasi eʼlon qilindi.

https://regulation.gov.uz/uz/d/25772

Loyihaga köra, 2021-yil 1-martdan boşlab quyidagi xizmatlar eksterritorial tamoyili böyiça, yaʼni Özbekistonning istalgan hududida fuqarolarning propiskasiga yoki yuridik şaxslarning röyxatdan ötgan joyiga qaramasdan amalga oşirilişi mumkin:

👉 fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş;
👉 nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş;
👉 xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş;
👉 tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida körikdan ötiş;
👉 transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş.

Şuningdek, yana quyidagilar taklif etilmoqda:

➖ notarial harakatlarni amalga oşirişda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan boğliq maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravişda, fuqarolardan ortiqça maʼlumot talab qilmasdan, “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.

➖ tadbirkorlik subyekti bölgan yuridik şaxslarga davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun belgilangan yiğim va davlat boji tölovlarini tölaşda yuridik şaxsning vakilidan naqd pul şaklida tölovni amalga oşirişga ruxsat beriladi;

➖ davlat xizmatlarini körsatişda ariza yoki unga ilova qilingan hujjatlarda töğrilaş mumkin bölgan xatolar mavjud bölsa yoxud talab qilingan hujjatlar yetişmasa vakolatli organ davlat xizmatini körsatişni rad etmasdan, ularni töğrilaş uçun arizaçiga imkoniyat va muddat beradi;

➖davlat xizmatini körsatiş natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod (matrik ştrixli kod) qöyiş orqali berilganda ularning dublikatlarini haq evaziga beriş bekor qilinadi, örniga elektron körinişda Yagona portal orqali çeklanmagan miqdorda bepul oliş imkoni böladi;

➖ agar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari litsenziya va ruxsatnoma oliş uçun ariza bersayu, lekin vakolatli organ belgilangan muddat davomida bermasa yoki rad qilmasa, unda mazkur litsenziya va ruxsatnoma berilgan deb hisoblanadi va avtomatik şakllantirilib, talabgorga yuboriladi;

➖ Davlat xizmatlari agentligi yuridik şaxslarni davlat röyxatidan ötkaziş böyiça yagona vakolatli organ etib belgilanadi (NNTlar mustasno);

➖ davlat organlari, davlat muassasalari, banklar va kredit byurolari, şuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari, matlubot kooperativi, işlab çiqariş kooperativi, qişloq xöjaligi kooperativlarini davlat röyxatidan ötkaziş Agentlik tomonidan amalga oşiriladi;

➖ 16 yoşga tölgan şaxslarga identifikatsiya ID-kartalari beriş ularni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyiş hamda fuqaroni jamğarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qöyiş bilan bir vaqtning özida amalga oşiriş;

➖ soliq organlarida STIR (INN) örniga jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqamidan (JŞŞIR) foydalangan holda amalga oşirişga ötiladi;

➖ JŞŞIR davlat, bank, ijtimoiy va boşqa xizmatlarni körsatişda fuqaroning şaxsini tasdiqlovçi yagona identifikator hisoblanadi hamda jismoniy şaxslarni identifikatsiyalaydigan alohida raqamlarni yuritiş taqiqlanadi.

Loyihada yana boşqa köplab ijobiy, zamonaviy özgarişlar taklif etilmoqda. Hujjat muhokamasi 25-dekabrga qadar davom etadi. Siz ham öz taklif va mulohazalaringizni bildirişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek