Toşkentda ilk marotaba yoşlar forumi ötkaziladi
Xushnudbek.uzVideo2 daqiqa0Poytaxtda ilk marotaba 18-21-dekabr kunlari Toşkent şahar hokimligi tomonidan Yoşlar işlari agentligi va Özbekiston yoşlar ittifoqi hamkorligida “Toşkent yoşlar forumi – 2020” ötkaziladi.
Yoşlar forumida ilk marta hukumat aʼzolari bilan yoşlarning uçraşuvi ötkazilib, ular özaro oçiq muloqotga kirişişadi. Bu muloqotlarda 5 ming nafarga yaqin yoşlar öz sohalarida taklif va taqdimotlar bilan qatnaşişadi.
Şuningdek, 4 kun davom etadigan Forumda yoş kino ijodkorlarining “Yoşlar va gender tengligi” mavzusidagi taqdimotlarini ötkaziş ham közda tutilgan. Bundan taşqari, Özbekistonda yoşlar turizmini rivojlantiriş, poytaxtning turistik salohiyatini tarğib qilişga qaratilgan “Yangi Toşkent” foto va videoroliklar tanlovi sovrindorlarining körgazmasi bölib ötadi.
Uşbu forum yakunida Toşkent şahar hokimi ham öz taqdimoti bilan qatnaşişi, Toşkent yoşlarining butun respublika yoşlariga murojaati öqib eşittirilişi kutilmoqda.
Yoşlar forumida iştirok etmoqçi bölganlar https://tashkent2020.uz/ sayti orqali röyxatdan ötişlari lozim.








