Metsenat.uz loyihasidagi grantlar 500 mln sömdan oşdi

Matn10-dekabr, 2020, 16:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Metsenat.uz loyihasida eʼlon qilingan grant va stipendiyalar miqdori yarim milliard sömdan oşdi

Közimiz yetib-yetmay, yaxşiliklardan umid qilib boşlagan loyihamiz sekin-astalik bilan rivojlanayotganidan xursandmiz. Hozirça Metsenat.uz loyihasida 3ta taʼlim granti va 1ta stipendiya eʼlon qilindi. Bular quyidagilar:

1️⃣ Yoşlar işlari agentligi, Yoşlar ittifoqi va “Mehrli qöllar” xayriya fondi tomonidan barça talabalar uçun jami 400 mln sömlik grant.
Kvota: 100ta
Arizalar: 1463ta
Batafsil

2️⃣ Xushnudbek.uz Telegram kanali tomonidan Toşkent davlat yuridik universiteti talabalari uçun jami 30 mln sömlik grant.
Kvota: 10ta
Arizalar: 222ta
Batafil

3️⃣ “Najot taʼlim” markazi tomonidan tibbiyot sohasida öqiyotgan xotin-qizlar uçun jami 15 mln sömlik grant.
Kvota: 5ta
Arizalar: 120ta
Batafsil

4️⃣ Samarqand viloyat hokimligi tomonidan Samarqanddagi OTMlarda tahsil olayotgan magistrlar uçun jami 60 mln sömlik stipendiya.
Kvota: 10ta
Arizalar: 111ta
Batafsil

☝️ Şuningdek, tez orada yana boşqa metsenatlar tomonidan ximiya va fizika, jurnalistika, IT yönalişlarida tahsil olayotgan talabalar uçun ham grantlar eʼlon qilinişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, uşbu loyiha tijoriy maqsadni közlamagan. Biz na metsenatlardan, na talabalardan HEÇ QANDAY haq olmaymiz. Xizmatimiz evaziga biror majburiyat talab qilmaymiz. Maqsadimiz pul işlaş emas, balki jamiyatimizning ilmli, iqtidorli va himoyaga muhtoj yoşlarini qöllab-quvvatlaşga oz bölsada yordam berişdir.

📲 Agar siz yoki siz işlayotgan taşkilot metsenatlik qiliş istagida bölsa, unda mana bu bot orqali murojaat qilişingiz mumkin:
👉 @metsenatlar_bot

Uşbu bot faqat metsenatlik qilmoqçi bölganlar uçun. Talabalarning savollari bölsa, unda @metsenatuz hamda @urfon kanallarini kuzatib borişlarini va öşa yerda berilgan bot-manziliga murojaat qilişlarini sörab qolaman.

Ayrim savollarga javoblar mana bu yerda ham bor:
1-qism
2-qism

Şu bilan bir qatorda sinov rejimida işlayotgan portalni har kuni takomillaştirib, kamçilik va xatolarini töğrilab boryapmiz. Metsenat va talabalarning takliflarini inobatga olib, yangi funksiya va imkoniyatlar bilan boyitişga harakat qilyapmiz. Masalan, bugundan boşlab profilni tahrirlaş imkoniyati qöşildi. Hali oldinda rejalarimiz köp, Xudo xohlasa.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek