Maktab bitiruvçilari öz vaqtida ID karta olişlari lozim

Matn4-mart, 2021, 18:091 daqiqa0 koʻrish

16 yoşga tölgan maktab bitiruvçilari öz vaqtida ID karta olişlari lozim

OTMga onlayn hujjat topşiriş uçun maktab (litsey va kasb-hunar kollejlari) bitiruvçilarning pasport maʼlumotlari, şu jumladan jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami (JŞŞIR) kiritiş talab etiladi. Şu bois, 16 yoşga tölgan bitiruvçilar öz vaqtida pasportga tenglaştirilgan ID karta olişlari zarur, deb eslatmoqda Xalq taʼlimi vazirligi.

Maʼlumot uçun, joriy öquv yilida maktablarni 437 mingdan ortiq öquvçilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvçilarning elektron maʼlumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoşga tölgan 153 mingdan ortiq bitiruvçilar (35%) pasport olmagan.

Eslatib ötamiz, 16 yoşga tölgan bitiruvçilar pasport olişlari uçun özlari doimiy röyxatda turgan hududdagi Içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmalariga murojaat etişlari mumkin.

ID-karta rasmiylaştirilganligi va berilganligi uçun davlat boji bazaviy hisoblaş miqdorining 89 foizi - 218 050 sömni taşkil etadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek