IIV Şördanak va Qalpoq ijodkorlari bilan boğliq vaziyatga izoh berdi
«Şördanak» va «Qalpoq» ijodkorlari bilan boğliq vaziyat haqida Kun.uz naşri yaxşi tahlil tayyorlabdi, öqişni tavsiya qilaman.
Qisqaça mazmuni:
IIV axborot xizmati rahbari Şoxruh Ğiyosov mazkur uzr sörattiriş holatini qoralagan va bu YHXBBda taşkil etilgan yangi axborot xizmatining xatosi ekanligini taʼkidlagan. Ayrim iqtiboslar:
«Buni çiqarişdan oldin aslida men körib berişim kerak edi. Qaysidir joyda qaysidir rahbar kelib, aqllilik qilgan. Töxta, mana bu joyini alohida çiqaramiz, degan. Natijada yaxşi niyatda boşlangan iş teskarisiga aylanib ketgan.
Hajviy çiqişi, tanqidiy maqolasi uçun jurnalistlarni, ijodkorlarni izza qiliş maqsadimiz yöq. Aksinça, jurnalistlar bemalol murojaat qilsin bizga, blogerlar murojaat qilsin. Nima bölsa, biz oçiqmiz, tayyormiz. Qanday maʼlumot kerak bölsa, beramiz qöldan kelgança.
Aslida maqsad boşqaça edi. Biz ham ijodkorlarning oldida uyalib qoldik. Çunki hammaning oldida “ana, uzr söraşdi-uzr söraşdi” bölib ketib qoldi. Endi özimiz ulardan borib uzr söraymiz. Çunki ularni noqulay holatga qöydik. Qarindoşlarining oldida, farzandlarining oldida noqulay qilib qöydik», - degan Şoxruh Ğiyosov.
Hajviy körsatuv ijodkorlari esa YHXBBdagilar ularga yolğon gapirişgani, videoni faqat boşliğimizga körsatamiz deb, aldab, lekin ommaga eʼlon qilişganini aytgan.
«Qalpoq» hajviy dasturi ijodiy guruhi rahbari Rahmonali Suropovning aytişiça, hattoki unga telefon orqali bosim qilişgan.
Iqtibos:
«Menga: «Boşliğimiz sizni aslida jinoiy javobgarlikka tortiş kerak dedi», deyişdi.
Bundan taşqari, u mendan «Sizningça, “GAI”lar pul olişadimi?», deb söradi. Men esa «Nega olişmas ekan? Hozir bu gapni haydovçilar eşitsa, kulib yuborişadi», dedim.
Ular menga notöğri harakat qilganimni aytişdi. Men esa bu ogohlantiriş demokratiyaga zid ekanini, Qozoğistonda ham «melisaxonalar» faoliyati bemalol yumor qilinişini taʼkidladim. Ular menga «Unday bölsa, Qozoğistonga borib yaşang», deyişdi», deya taʼkidlagan Rahmonali Suropov.
«Şördanak» hajviy dasturi ijodiy guruhi rahbari Erkin Çöliyev ham YHXBBdagilar ularni aldaşganini aytgan.
Iqtibos:
«Bizga sohamizni kulgiga olyapsizlar, bu faoliyatimizga taʼsir qilyapti deb aytişdi. Örtada gina-kudurat bölmasligi uçun “Hazillarimiz oğir botgan bölsa, bizdan ötgan bölsa, uzr, keçirasizlar. Agar bunday hazillarimiz yoqmayotgan bölsa boşqa bunday hazil qilmaymiz”, deb aytdik.
Bu videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborişlarini bilmagandik. Bilganimizda umuman gapirmasdik. Ular çiqarmaymiz, video özimizda qoladi deyişgandi. Kamerani yoqişayotganda sababini söraganmiz, “Videoni boşliğimizga körsatamiz”, deb aytişgandi.
Keça bu narsalar tarqalgan vaqtda men syomkada edim. Syomka jarayonidagi tanaffusda şogirdlar körsatib qolişdi buni. Asabimiz rosa buzildi. Bir amallab syomkani oxiriga yetkazib oldik. Mayli, salomat bölişsin, ammo bu işlari kayfiyatimizga yaxşigina taʼsir qildi. Yurtdoşlarimizning boriga şukr, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilarning fikrlarini öqib biroz özimizga keldik. Odamlar bizni qöllab-quvvatlaşmaganda, qaytanga tanqid qilib ketişganda bu soğliğimiz, ruhiyatimizga yaxşigina zarar yetkazgan bölardi. IIV buning uçun javob bera olarmidi keyin? Bu jiddiy masala», - degan Erkin Çöliyev.
Xulosa özingizdan.
👉 @xushnudbek 👈


