Maşina oynasini soçiq bilan tösişga jarima solinmaydi
Qöşimça
Maqolani tayyorlaş çoğida internetda IIV YHXBB boşliği Xolmatjon Saydaliyev imzosi bilan hududiy boşqarmalarga çiqarilgan xat tarqab ketdi.
Xatda transport vositalari yon oynalarini soçiq yoki quyoşni tösuvçi boşqa materiallar bilan vaqtinça yopib qöyilgan holatlar yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilmaslik haqida körsatma berilgan. Xatning haqiqiyligi haqida işonçli dalillar mavjud.
Uşbu xat ham yuqoridagi fikrimizni qisman isbotlab turibdi. Xatdan körinadiki, maşinaning (u xoh uzoq yölga, xoh yaqin yölga yurayotgan bölsin) yon oynalari soçiq yoki boşqa materiallar bilan tösilgan bölsa, bu harakatga heç qanday xavf keltirib çiqarmaydi va jarimaga ham tortilmaydi.
Mantiqiy xulosa qiliş mumkinki, orqa eşikka örnatiladigan pardalar ham xavf tuğdirmaydi. Çunki odatda orqa eşikdagi pardalar ham soçiq kabi vaqtinçalik böladi, yaʼni qaçon kerak bölsa (jazirama issiqda) kötarib qöyiladi, quyoş yöq paytda tuşirib (olib) qöyiladi.
Mayli, rasmiylarning munosabatini kutaylikçi, nima deyişarkin...
👉 @xushnudbek 👈

