Orqa eşikka parda örnatiş uçun jarima bormi
Haydovçilar uçun qiziq: orqa eşikka parda örnatsa böladimi?
Şu desangiz muhokama uçun qiziq bir mavzu bor, qöpol qilib aytganda, yana bir “lazeyka” çiqib qoldi 😃 Kun.uz saytida şu mavzuda eʼlon qilingan maqolam 1 sutkada salkam 100 ming marta öqilibdi.
Batafsil mana bu yerda öqişingiz mumkin:
https://kun.uz/38577702
Kanalda qisqaroq tuşuntiraman.
Muammo şundaki, yurtimizdagi haydovçilar va yölovçilarga jaziramadan himoyalanişning yetarli imkoniyati yaratilmagan. Tonirovkaga ruxsat berilsin, deb petitsiya qilişgandi, Hukumat bunga javoban “mana, olinglar” dediyu, 1 yilga 18 mln söm evaziga tonirovka joriy qildi.
Deputatlarimiz qöllab-quvvatlagan qonun bilan esa ruxsatsiz tonirovka uçun jarimani 200 ming sömdan 5 mln sömgaça oşirişdi (25 baravar!). Issiqdan farzandi yoki oilasini himoya qilmoqçi bölgan otani öta xavfli retsidiv jinoyatçi deb öylaşyapti şekilli.
Mayli, bu boşqa mavzu. Hozir gap orqa eşikka örnatiladigan parda haqida.
Orqa eşikka parda örnatgan haydovçilar (garçi parda tuşirib qöyilgan bölsa ham) MJtK 126-moddasi bilan javobgarlikka tortilmoqda. Ammo huquqşunos sifatida bu notöğri jazo ekanligi, qonunçiligimizda orqa eşikka parda örnatganlik uçun jarima yöqligini taʼkidlayapman. Buning huquqiy asosi qöyidagiça:
1) orqa eşikka parda örnatganlarni MJtK 126-moddasida qayd etilgan «haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan transport vositalaridan foydalaniş» degan qismi bilan jazolaşadi;
2) Xöş, «haydovçining örnidan tevarak-atrof» (rusça variantida «obzornost s mesta voditelya») deganda qaysi hududlar tuşuniladi? Milliy qonunçiligimizda «haydovçining örnidan tevarak-atrof» degan atamaga taʼrif berilmagan;
3) lekin bu taʼrifni Özbekiston nomidan «Özstandart» agentligi imzolagan va biz uçun rasman amal qiladigan davlatlararo standart (GOST 33988-2016) içidan topsa böladi;
4) öşa standartning 2.12 bandiga muvofiq, haydovçining joyidan tevarak-atrof körinişi maydonining ustki çegarasi deb, haydovçi közlari va jami maydonining ostki çegarasini taşkil qiladigan 180 gradus sektorda old körinişning şartli maydoni hisoblanadi;
5) demak, davlatlararo standartga köra, orqa eşik haydovçining joyidan tevarak-atrof hududiga kirmaydi, çunki u 180 gradus maydonda joylaşmagan. Pastda ilova qilingan suratga qarasangiz, buni yanada yaxşiroq tasavvur qiliş mumkin;
6) öz-özidan orqa eşik haydovçining joyidan tevarak-atrof hududiga kirmasa, demak mantiqan olib qaraganda orqa eşikka parda örnatganlik uçun jarima ham qöllab bölmaydi;
7) milliy qonunçilikda orqa eşikka parda örnatiş mumkin emas, degan konkret taqiqlovçi qoida mavjud emas;
8) umumiy texnik reglamentning 74-bandida yengil avtotransport vositalarining orqa oynasiga çiy parda va darparda örnatişga ruxsat etilgani yozilgan. Köpçilik mana şu joyda çalğiydi. Yaʼni şu bandda orqa oyna aytilgan, ammo orqa yon oynaga (orqa eşik) ruxsat beriladi deyilmaganku, deb ikkilanadi. Ha, töğri, heç qayerda orqa eşikka parda örnatişga ruxsat berilsin, degan joyi yöq, ammo yuqoridagi 7-bandda taʼkidlanganidek, taqiqlansin degan joyi ham yöq-da!
QATʼIY ESLATMA: yuqoridagi gaplar mening şaxsiy fikrim bölib, rasmiy maqomga ega emas. «Xuşnudbek orqa eşikka parda örnatiş mumkin, debdi», deya özboşimçalik qilib, 5 mln söm jarima tölab ötirmang.
Maqola yuzasidan mutasaddilarning tezkor munosabati va asoslantirilgan fikrlarini kutib qolamiz. Zora, qonunçilikni xalqning ziyoniga emas, balki foydasiga talqin qilib, yuzlab davlatlarda bölgani kabi, haydovçilarga orqa eşikka parda örnatişga ruxsat berib yuborişsa. Orzuga ayb yöq! Maqsad jaziramadan saqlaniş xolos, maqtançoqlik qiliş emas-ku!
(yoki teskarisi böladi — propiskaga öxşab, darrov lazeykani yopiş böyiça loyiha tayyorlaşadi)
👉 @xushnudbek 👈


