YHXBB bodi-kameralar böyiça bayonot berdi
IIV YHXBB: «Vaziyatga töğri baho beraylik»
Yöl harakat xavfsizligi boş boşqarmasi matbuot xizmati bodi-kameralar böyiça bayonot bilan çiqdi. Unda quyidagiça deyiladi:
«Xodimlarni bodi kameralar bilan taʼminlaş yönalişida bir qator işlar amalga oşirildi. Jumladan, bir neça vazirlik va taşkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda bodi-kameralarni işlatiş yuzasidan texnik şartlar, ularni xarid qiliş böyiça tender tanlovlari şartlari işlab çiqildi, eʼlon qilindi. Turli savdo taşkilotlariga yuborildi. Ularning takliflari jamlandi.
Maxsus komissiya tomonidan har bir taklif atrofliça va batafsil örganib çiqildi. Örganişlar jarayonida kameralarning narxidan boşlab, yetkazib beriş şartlari va muddatlarigaça körib çiqildi. Navbatdagi vazifa kameralarni turli ob-havo şaroitlarida, turli körinişlarda, har xil xolatlarda, vaziyatlarda işlatib köriş va sinovdan ötkaziş edi. Bu bosqiç ham muvaffaqiyatli yakunlandi.
Bodi-kameralar xarid qilinadigan taşkilot aniq böldi. Endi butun diqqat-eʼtibor maʼlumotlarni saqlaş qurilmalarini xarid qiliş, dasturiy taʼminotni işlab çiqişga qaratildi. Bu oson vazifa emas. Ertaga yöllarda turli kelişmovçiliklar va ziddiyatlar, bahs-munozaralar kelib çiqmasligi aynan mana şu dasturiy taʼminotni töğri va aniq işlaşiga köp jihatdan boğliq.
Şuni hisobga olgan holda dasturiy taʼminotni işlab çiqiş işlariga yetuk mutaxassislar, kompaniyalar jalb etildi. Hozirgi kungaça bu işlarning deyarli 80 foizi bajarildi. Bodi-kameralarni xarid qiliş yuzasidan tuzilgan şartnomada ularni yetkazib beriş muddati 120 kun qilib belgilangan. Bu taʼminotçining talabi. Öz-özidan ravşanki, bu muddat qaror ijrosini öz vaqtida bajarişga mos kelmaydi.
Şularni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga bodi-kameralarni işga tuşiriş muddatlarini uzaytiriş böyiça taklif berildi. Kameralar butunlay bekor qilingani yöq, faqatgina uning işga tuşiriş muddatlarini uzaytiriş rejalaştirilmoqda. Şuni töğri tuşuniş va qabul qiliş kerak».
P.S.: Yaxşi, töğri tuşundik va qabul qildik, deylik. Lekin bir narsani unutmangki, toki Vazirlar Mahkamasi rasman öşa qarorga özgariş kiritib, muddatni uzaytirib bermagungaça, haydovçilarni aldamaylik. YPX xodimining bodi-kamerasi yöqmi, demak, haydovçida hujjat körsatiş yoki körsatmaslik huquqi bor. Öşa huquqini talab qilgan va bodi-kamerasi yöq xodimga hujjatini körsatişni istamagan haydovçilarni ortiqça diqqat qilmasdan, oq yöl tilab qoliş kerak (aslida şirin gapirsa, deyarli barça haydovçilar ortiqça provakatsiya qilib ötirmaydi).
Qonun hujjatlariga hamma birdek böysunsin. Bor gap şu.
👉 @xushnudbek 👈


