YPX xodimiga videokamerasiz hujjat körsatmaslik huquqi

Foto1-iyul, 2019, 15:011 daqiqa0 koʻrish

Muştariylarning aytişiça, YPX xodimlari mana bunaqa qoğozni haydovçilarga körsatib, videokamerasi bölmasa ham hujjat körsatişni talab qilayotgan ekan.

Lekin bunga işonib qolmang. Bu regulation.gov.uz portalidagi VM qarorining LOYIHASIdan olingan. «ID-3901» degan raqam ham, loyiha ekanligini bildiradi.

Yana qaytaraman, Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qaroriga heç qanday özgariş kiritilmagan. Demak, bugundan boşlab haydovçilar mobil videokamerasiz YPX xodimiga hujjatlarini körsatmaslikka haqqi bor! Yaʼni xohlasa körsatadi, xohlamasa yöq.

Agar bu tartib 2020-yil 1-yanvargaça uzaytirilganini aytişsa yoki yuqoridagi kabi qoğozni körsatsa, bu qoğoz şunçaki LOYIHA ekanligini, YPX xodimining talabi noqonuniyligini, videokamerasiz xodimga hujjat körsatmaslikka haqqingiz borligini tuşuntiring.

YPX xodimiga ortiqça qarşilik yoki provakatsiya qilmang, şunçaki «iltimos, Özbekistonda amalda bölib turgan qonun hujjatlariga hammamiz birdek böysunaylik» desangiz kifoya. Huquqiy jamiyatlarda şunaqa bölişi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek