YPX xodimlariga videokamera taqiş muddati uzaytirilişi mumkin
Mişa, çuçvara «otmen»!
Keça Adliya vazirligi 1-iyuldan YPX xodimida videokamera bölişi şartligi, mobil videokamerasi bölmagan YPX xodimiga haydovçi hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egaligini eslatgandi.
Buni qarangki, regulation.gov.uz portalidagi bir loyiha nazarimizdan çetda qolgan ekan. 14-iyun kuni Içki işlar vazirligi tomonidan portalga Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi joylaştirilibdi. Loyiha VMning 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qaroriga bir qator özgartirişlar kiritişni nazarda tutmoqda.
https://regulation.gov.uz/uz/document/3901
Unga köra, mobil videokameraga oid talablar 2019-yil 1-iyuldan emas, balki 2020-yil 1-yanvardan kuçga kirişini belgilaşmoqçi.
Bu nima degani, bilasizmi? Bu Hukumat qarorlari qay darajada öyinçoq bölib qolganini körsatadi. Kim nimani xohlasa, şuni qilyapti. Hozir xohlasa 2020-yil 1-yanvargaça uzaytirişadi, undan keyin xohlasa 2030-yil 1-yanvargaça uzaytirişadi, undan keyin xohlasa butunlay bekor qilib yuborişadi.
Hukumat qarorini öz muddatida bajarişni eplay olişmadimi, unda hadeb qarorlarni öyinçoq qilavermasdan, tinçgina aybni tan olib, uzr sörab, kelgan joyidan davom ettirsa bölmaydimi?
Videolarni GAIni ruxsati bilan joylaysiz
Bundan taşqari IIV öz loyihasida yanada ajoyib özgarişlarni taklif etmoqda.
Jumladan, haydovçilar öziga tegişli audio, foto va video qurilmaga YPX xodimi bilan özaro munosabati qayd qilingan maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmoğiga ruxsatsiz joylaştirmasligi haqida talabni qöşişmoqda. Buning uçun öşa YPX xodimidan ruxsat oliş kerak emiş.
Bu nima uçun qilinyapti, YPX xodimlarining xatolari, qonunga xilof harakatlarini birovlar körmasligi uçunmi? YPX xodimi davlat idorasining vakili hisoblanadi va jamoatçilik nazorati nuqtai nazaridan uning harakatlari ommaviy eʼlon qilinişi mumkin. Bu fuqarolarning axborot oliş va tarqatişga oid konstitutsiyaviy huquqi bilan çambarças boğliq.
Xöp, öşa videoni Internetga özimas, örtoği joylaştirdi, unda nima böladi? Xöp, öşa videoni özi joylaştirdi, undaçi, unda nima böladi? Jarima solinadimi? Qaysi modda bilan? Bu savollarning birortasiga javob yöq.
Xullas, Içki işlar vazirligining bir-biridan ajoyib takliflari aks etgan loyiha 29-iyungaça muhokama qilinadi. Siz ham muhokamada qatnaşing va fikrlaringizni qoldiring.
👉 @xushnudbek 👈
#ijtimoiy_sörovnoma
Içki işlar vazirligining uşbu loyihasiga qanday munosabat bildirasiz?

