Abituriyentlar test topşiriş tilini tanlaşi mumkinmi
Özbek tilida tahsil olgan abituriyent rus tili guruhiga hujjat topşira oladimi?
JAVOB: Ha, topşira oladi.
Köpçilik abituriyentlarni qiziqtiradigan yana bir savollardan biri, örta yoki örta-maxsus taʼlimni özbek tilida (yoki rus) olgan abituriyent OTMning rus tili guruhiga (yoki özbek) hujjat topşira oladimi yoki yöqmi degan savoldir.
Sababi baʼzi OTM qabul komissiyalarida abituriyentlar OTMgaça öqigan tilda hujjat topşirişi mumkinligini, tilni özgartirişga haqqi yöqligini taʼkidlaşayotganligi haqida maʼlum qilişadi. Aslida bu qançalik töğri?
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, Özbekistonda test sinovlari uç tilda — özbek, rus, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududidagi oliy taʼlim muassasalarida qoraqalpoq tillarida ötkaziladi.
Nizomda özbek (yoki rus) tillarida öqigan abituriyent OTMning rus (yoki özbek) tilidagi yönalişiga hujjat topşira olmasligi haqida birorta taqiq yöq.
Demak, bundan xulosa qiliş mumkinki, özbek tilida tahsil olgan abituriyent bemalol rus tilida test sinovlari topşira oladi. Qabul komissiyasi buni rad qilişga yoki “qani, rusçani bilasanmi özi” deya qandaydir birlamçi sinovdan ötkazişga haqli emas.
Abituriyent test sinovlarida öqigan çet tilidan boşqa tilni tanlaşi mumkinmi?
JAVOB: Ha, mumkin. Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 4-bandiga asosan, abituriyent çet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri böyiça test sinovi topşiradi.
Uşbu bandda abituriyent öqigan çet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) çet tilidan test topşirişi mumkinligi belgilangan. Masalan, maktabda nemis tili böyiça öqigan abituriyent testda ingliz tilini tanlaşga haqqi bor.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

