Özbekistonda koronavirusdan yana 2 kişi vafot etdi

Matn29-iyun, 2020, 23:201 daqiqa0 koʻrish

Bugun 2 nafar ölim qayd etildi

Koronavirus yuqtirib olgan 2 nafar bemor vafot etdi va ölim holatlari soni 24 taga yetdi.

Jumladan, Buxoro viloyati Şofirkon tumanida yaşovçi, 1962-yilda tuğilgan M.S. (ayol) 8 yil davomida yurak işemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetişmovçiligi taşxisi bilan davolanib yurgan. Marhumada 21-iyun kuni koronavirus tasdiqlangan va körsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Şuningdek, Jizzax viloyati Ş.Raşidov tumanida yaşovçi, 72 yoşli otaxon Q.R. joriy yil 20-iyun kuni koronavirusga gumon qilingan va karantin muassasasiga tibbiy kuzatuvga olingan. Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak işemik kasalligi, stenokardiya va qandli diabet taşxisi bilan davolanib yurgan. Bemor ötkir miokard infarkti, ötkir yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etdi.

Yurtdoşlarimizni Alloh öz rahmatiga olgan bölsin. Qolgan bemorlarga şifo bersin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek