Bemorlar bilan aloqada bölganlar uyda karantin qilinadi
Manba:UzA | Tezkor xabarlar
❗️Bemorlar bilan aloqada bölgan şaxslar uy şaroitida karantinda saqlanadi
Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bölgan şaxslarni karantinda saqlaşning quyidagilarni nazarda tutuvçi tartibi joriy etildi:
👉 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bölgan şaxslar uy şaroitida karantinda saqlanadi;
👉 karantinda saqlaş muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi hamda 10 kun muddatda koronavirus infeksiyasini aniqlaş böyiça test natijalari manfiy bölgan taqdirda karantindan çiqariladi;
👉 test natijalari musbat bölgan taqdirda, bemorda koronavirus infeksiyasining klinik belgilari kuzatilsa, şifoxonaga joylaştiriladi, kasallik alomatlarsiz ötayotgan bölsa, uy şaroitida davolanişga ötkaziladi (uy şaroitida davolaşning imkoni bölmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolaşga ötkaziladi).
➡️ @uzauz
