Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Xalq banki INPS va pensiya tizimi böyiça munosabat bildirdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn3 daqiqa0tahrirlangan

Telegram kanalimdagi postga Xalq banki munosabat bildirdi

Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanalida joriy yilning 1-dekabr kuni joylangan “INPS va Xalq bankining boş oğriği” mavzusidagi maqolaga munosabat:

Maʼlumki, 2004-yil 2-dekabrdagi “Fuqarolarning jamğarib boriladigan pensiya taʼminoti töğrisida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 595-sonli Qaroriga asosan 2005-yil 1-yanvardan boşlab, jamğarib boriladigan pensiya (JBP) tizimi amaliyotga tatbiq etilgan.

Uşbu qonun bilan fuqarolarning JBP mablağlariga Xalq banki tomonidan har yili mamlakatimizdagi infiliatsiyadan kam bölmagan miqdorda qöşimça foiz tölab boriladi. Misol uçun ötgan yilda infilatsiya darajasi 14,4 foiz bölgani uçun, bank fuqarolarning mablağlariga 14,5 foiz ustama haq tölab berdi.

JBP badallarining miqdori har yili Davlat byudjetini şakllantiriş vaqtida belgilanadi. Uşbu miqdor 01.01.2005-yildan 31.12.2017-yilgaça daromad soliğiga tortiladigan jami iş haqi daromadining 1%ini taşkil etgan bölib, 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son Prezident Qaroriga asosan, 2018-yil 1-yanvardan boşlab iş haqining 2%i etib belgilandi.

Eng asosiysi uşbu tölov fuqarolarning iş haqisi hisobidan emas, balki daromad soliği hisobidan ötkaziladi. Yaʼni, fuqaroning daromad soliğiga tortiladigan iş haqisining 2% miqdori davlatga tölanadigan daromad soliğidan çegirilib, fuqaroning Xalq bankida oçilgan şaxsiy pensiya hisobvarağiga ötkaziladi. Bunda fuqaro oladigan iş haqisi kamaymaydi, aksinça davlat uning nomiga qöşimça mablağni yiğib boradi. Buni esa, fuqarolarning farovon yaşaşi uçun davlat tomonidan beriladigan oylik pensiyaga qöşimça madad puli deb hisoblaş mumkin. Şunday qilib, ötkazilgan badallar iş beruvçining ham, işlovçi fuqaroning ham moddiy manfaatlariga ziyon yetkazmaydi.

JBP tizimi mablağlaridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalaniş Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda Xalq banki tomonidan amalga oşiriladi.

JBP tizimi mablağlarini moliyaviy vositalarga joylaştiriş tartibi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

Xususan, Özbekkömir AJ, Özbekenergo AJ, Toşbozorsavdo uyuşmasi, Hyatt Regency mehmonxonasi JBP tizimi mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan.

Moliya vazirligi va Markaziy bankining tegişli reja-topşiriqlariga asosan JBP tizimi mablağlarining asosiy qismi Prezident va Vazirlar Mahkamasi Qarorlariga asosan imtiyozli foizlarda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va yirik işlab çiqariş obyektlari infrastrukturalarida strategik muhim investitsiya loyihalarga joylaştirilgan.

Taʼkidlaş lozimki, vafot etgan fuqarolarning merosxörlariga (asosan oila aʼzolari) şaxsiy JBP hisobvarağida jamğarilgan mablağlarni Xalq banki tomonidan öz vaqtida tölab berilmoqda va bankda qolib ketayotgani yöq.

Şuningdek, kelgusi yilda JBP tizimiga majburiy ötkazmalarning 0,1%ga tuşişi Xalq banki va JBP tizimiga heç qanday zarba bölmaydi. Çunki Xalq banki ham boşqa tijorat banklari singari asosiy daromadni öz mijozlariga turli foizlarda kredit taqdim etişdan oladi. JBP tizimida yiğilgan mablağlar esa asosan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va yirik işlab çiqariş obyektlari infrastrukturalarida strategik muhim investitsiya loyihalarni imtiyozli foizlarda moliyalaştirişga sarflanadi. Albatta, joylaştirişdan olinadigan daromadlar hisobidan fuqarolarga foizli daromadlar qöşib berilmoqda.

Ğolib EŞMIRZAYEV,
Jamğarib boriladigan pensiya
taʼminoti tizimini boşqariş
departamenti direktori

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek