Bank kassirlarining oğir iş tartibi va oilaviy tanlovi

Matn11-dekabr, 2018, 10:521 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Kassir ayollar suhbati

Telegramdagi "Bank va mijoz" kanalidagi postni öqib, ötgan hafta özim guvoh bölgan bir voqea esimga tuşib ketdi.

Yodingizda bölsa, yaqinda elektron imzomni yangilaş uçun Davlat xizmatlari markaziga borganimni yozgandim. Tölov qiliş uçun kassaga çek yozib berişdi (tezroq onlayn tölovlar işga tuşsa yaxşi bölardi, kassada navbat katta). Kassaga borib, navbatim kelişini kutib turdim. Şunda kassir ayolning tanişi bilan (u mijoz edi) suhbati quloqqa çalindi.

- Rostdan ketyapsizmiyey?
- Ha, arizamni yozdim, ketişim aniq böldi.
- Nega, işingiz yaxşi ediku.
- E, nimasi yaxşi, keçqurun 1-2 gaça pul sanaymiz, baʼzan 3-4 gaça ham qolib ketamiz. Buyoqda bolalar tarbiyasi qolib ketyapdi, ularni deyarli körmayapman ham. Dadasi ham "işingni yiğiştir, farzandlarga qara" dedilar, şunga ariza yozdim.

Yonidagi yoş kassir qiz suhbatga qöşildi (körinişidan hali turmuşga çiqmagan):
- Mana, bugun meni çaqirişyapti, keçqurun 2 gaça pul sanasak kerak.

Bu suhbatni eşitib, içimdan zil ketdim. Lekin farzand tarbiyasini ustun qöygan öşa kassir opaga juda hurmatim oşdi. Faqat bittagina savol qiynaydi: endi ularning rözğori moddiy tomondan qiynalmasmikin... Kim bilsin, Alloh turmuş örtoğining topişiga baraka bersin, deb duodaman.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek