Özbekistonda yagona transport kartasi joriy etildi
Yil boşidan Özbekistonda ham yagona transport kartasi joriy etildi. NFC texnologiyali kontaktsiz tölov qiliş mumkin bölgan bunday kartalarni butun Özbekistonda işga tuşirilişi közda tutilmoqda ekan.
Tizim haqida eşitgandirsiz. Menga eng yoqqan tarafi loyiha mutasaddilari UzCard, Transport vazirligi va Aloqabank kartalar orqali nafaqat yölkiralarni tölaş imkoniyatini, balki xuddi xorijda bölgani kabi, soatbay, kunbay tariflarni ham joriy qilişni rejalaştirayotgani böldi.
Yaʼni loyiha böyiça yölovçilar yölkira emas, balki yurgan yöli, yoki yurgan vaqti uçun tölaşi mumkin böladi. Soatbay tariflar joriy etiladi. Bu dunyoning juda köplab mamlakatlarida muvaffaqiyatli işlab kelayotgan tizim sanaladi.
Ha, aytgança, loyiha qiymati 12 million dollarni taşkil qilayotgan ekan. Bunda asosiy investor UzCard — 6 million dollar, Aloqabank — 3 million va Transport vazirligi — 3 million dollar mablağ ajratgan.
Asosiysi birinçi qadamning taşlangani. Kamçiliklar bölişi mumkin. Buni töğrilasa böladi va şunday bölişiga umid qilamiz. Muhimi siz-u biz çet elda körib, havas qilib aytib berganimiz, yoki eşitganlarimiz özimizda ham paydo bölayotganida. Bu kişini xursand qilmasdan qolmaydi.

