Sud Çilonzor tuman saylov komissiyasi qarorini bekor qildi
⚡️ Sud tuman saylov komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topdi. Endi takroriy saylov bölişi kerak
Çilonzor tuman maʼmuriy sudi 22-dekabrdagi Çilonzor tuman saylov komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topdi. Bunaqasini hali Özbekiston amaliyotida eşitmagan edim.
Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.
Daʼvogar kim?
Sudga ÖzLiDePdan nomzodi qöyilgan Fazliddin Baxromov şikoyat qilgan.
Şikoyat mazmuni nimada?
Saylov natijalarini hisoblaşda tuman saylov komissiyasi 4-Lutfiy okrugi natijalarini soxtalaştirib, bayonnomalarni özgartirgan hamda Xalq demokratik partiyasidan nomzodi qöyilgan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori örinbosari Abror Mamadaliyevni ğolib deb eʼlon qilişgan. Dastlabki bayonnoma böyiça Abror Mamadaliyev uşbu okrugda 401 ta ovoz oldi deya körsatilgan, ammo yakunda bayonnomalar özgartirilib, 813 ta ovoz oldi, deya qayd etilgan. Qayerdandir 400 dan köproq ovoz qöşib qöyilgan.
Bundan taşqari uçastka saylov komissiyasining raisi, rais örinbosari va kotibi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji öqituvçilari bölişgan. Vaholanki, Saylov kodeksi böyiça nomzodning qöl ostida işlaydigan şaxslar komissiya aʼzolari bölişi mumkin emas.
Sud qanday qaror qabul qildi?
Barça dalillarni hamda guvohlarning körsatmalarini tinglab, sud quyidagi qarorlarga keldi:
• tuman kengaşi deputatligiga saylovlar natijasini hisoblaşda maʼlumotlar soxtalaştirilgan va saylov qonunçiligi buzilgan degan xulosaga keldi;• tuman saylov komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topdi;• tuman saylov komissiyasi zimmasiga takroriy saylov ötkaziş majburiyatini yukladi;• qayta saylovda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji xodimlarini saylov komissiyalari tarkibiga kiritmaslikni belgiladi;• prokuratura organlariga xususiy ajrim kiritdi va qonun buziliş holatini örganib, aybdor şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatişni söradi.
Xulosa
Yodingizdami, saylovlar haqida kanalimda köp yozdim, tajribamdan kelib çiqib maslahatlar berib bordim.
Öşanda alohida taʼkidlagan edim, barça saylov uçastka va okrug bayonnomalarini yiğa olsangiz, unda har qanday nohaqlikka qarşi çiqa olasiz, isbotlab bera olasiz, deb.
Faqat buning uçun albatta sudga murojaat qiliş kerak, ijtimoiy tarmoqlar yordam berişi qiyin edi. Mana kördingizmi, yuqoridagi holatda ham huquqlari buzilgan nomzod kerakli dalillarni töplagan, yakunda ayrim noinsoflar öyin qilişgaç, sudga murojaat qilgan va ğolib ham çiqdi. Albatta hali takroriy saylovda kim saylanişi aniqmas, ammo baribir saylov komissiya qarorining haqiqiy emas deb topilganining özi katta ğalaba.
Kuni keça şahar kengaşiga saylangan deputat Obidjon Latipov misolida “Oramizdagi qahramonlar” deya post yozgandim. Sudga murojaat qilib, haqiqat uçun oxirigaça kuraşgan Fazliddin Baxromov ham ana şunday qahramonlardan biri! Qoyil! Barakalla!
👉 @xushnudbek 👈

