AVTO 60 OY işi böyiça yangi tafsilotlar maʼlum qilindi

Matn8-yanvar, 2020, 15:462 daqiqa0 koʻrish

«AVTO 60 OY» MÇJ bilan boğliq jinoyat işining yangi tafsilotlari maʼlum qilindi

IIV Tergov departamenti masʼul xodimi Adhamjon Abdullayev KunUz muxbiri bilan suhbatda «Avto oltmish oy» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi bilan boğliq qöşimça tafsilotlarni maʼlum qildi.

«Tergov jarayonida aniqlanişiça, fuqaro J.B. özining jinoiy şeriklari bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bölib, «Avto oltmish oy» va «Catalea Media» MÇJ va YTT «J.B.»ni taşkil etib, 3 oy muddat içida Özbekistonda «UzAuto Motors» AJ tomonidan işlab çiqarilgan avtomaşinalarni yetkazib berişni vaʼda qilib, jami 18 mingdan ortiq fuqarolardan avtomaşina rusumiga qarab, 1 mln sömdan 10 mln sömgaça bölgan miqdorda pul olib, jami 57 mlrd söm mablağni qölga kiritgan.

2019-yil 21-oktabr kuni J.B.ga nisbatan JKning 188-1-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllangan.

Bundan taşqari, 2019-yil 11-noyabr kuni uşbu jinoyatga aloqdor yana 3 nafar şaxsga nisbatan JKning 188-1-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb eʼlon qilingan va ularga ham tegişli ehtiyot çoralari tanlangan.

Jinoyat işi yuzasidan ötkazilgan tintuv-tergov harakati davomida olingan kompyuter texnika vositalari, 3ta «Spark», 1ta «Treker», 1ta «Damas», 1ta «Lasetti» rusumli, jamiyat xodimlariga tegişli avtomaşinalar, 28ta turli rusumdagi umumiy qiymati 2,1 mlrd söm bölgan avtomaşinalar xatlangan», – dedi Adham Abdullayev

Uning sözlariga köra, hozirgi kunga kelib jinoyat işi yuzasidan jami 16 ming 800 nafar kişi söroq qilingan.

Maʼlum qilinişiça, yetkazilgan moddiy zarar hajmi 57 mlrd sömga teng. Şundan 44 mlrd sömi undirilgan (26,1 mlrd sömi naqd pul şaklida). Jami 17,9 mlrd sömlik mol-mulk xatlangan.

«Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda va jinoyat işi yakuniga köra OAV vakillari bilan uçraşuv (brifing) taşkil etiladi», – deya qöşimça qildi Tergov departamenti rasmiy vakili.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek