Obidjon Latipov Toşkent şahar kengaşi deputati etib saylandi

Matn7-yanvar, 2020, 20:082 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Oramizdagi qahramonlar

Toşkent şahridagi 6-Çöponota saylov okrugida bölib ötgan takroriy saylov natijalariga köra şifokor, bloger Obidjon Latipov (Telegram kanali: @obidjonlatipov) Toşkent şahar kengaşiga deputatlikka saylandi. Uning uçun saylov oson keçmadi. Haligaça eskiça fikrlaydigan insonlar bilan kuraşişiga töğri keldi, paçkalab byulleten taşlayotgan noinsoflarga qarama-qarşi turişga majbur böldi. U va uning jamoasi ana şunday murakkab siyosiy jarayonlarda tezda taqdirga tan berişmadi, aksinça oxirigaça kuraşişdi. Obidjon Latipov hattoki jonli efirda yurak yutib şaxsan Boş prokurorga saylovdagi holatlar haqida savol bera oldi.

Kuraşuvçan insonlarni qadrlayman, çunki bundaylarni topiş qiyin.

Ha, töğri, bu Oliy Majlis deputatligi emas. Ammo nima farqi bor? Gap qayerga saylanganida emas, qanday saylanganida, öşa jarayonlarni bosib ötganida, menimça.

Va yana muhim tomoni viloyat, şahar, tuman kengaşlariga saylangan deputatlar davlatdan heç qanday maoş olişmaydi, ularning barçasi jamoatçilik asosida tekinga işlaydi. Faqat ayrim kiçik imtiyozlar berilgan xolos (masalan, jamoat transportida tekin yuriş). Agar Oliy Majlisdagiga öxşab imtiyozli uy, 10 mln sömdan oşiq oylik, xizmat maşinasi va h.k.lar bölganda ham "balki pul uçun şunça kuyib pişayotgandir" degan tasavvur bölardi. Lekin unaqa emas, ular haqiqat uçun kuraşişdi, adolat uçun kuraşişdi.

Gap birgina Obidjon Latipov haqida ham emas, faqat u qahramon böldi, qolganlar bunday emas deyişdan yiroqman. U şunçaki bir kiçik misol böldi xolos.

Kimki haqiqat uçun oxirigaça kuraşgan bölsa, öşalarning barçasi QAHRAMON. Yakuniy natijaga erişa olgan yoki erişa olmagani muhim emas, şunçaki taslim bölmaganining özi qahramonlik. Noxolislikni köra turib, jim tura olmaganlarning barçasi qahramon. Qinğirliklar yonidan beparvo ötib ketmaganlarning barçasi qahramon. Har qanday notöğri topşiriqlarga osongina böynini egib, itoat etmaganlarning barçasi qahramon. 1 kunlik sinovda vijdonini sotmaganlarning barçasi qahramon.

Yoki qöli bilan, yoki tili bilan, juda imkonini qila olmaganda dili bilan Özbekiston kelajagiga bolta urmoqçi bölayotgan ayrimlarga qarşi çiqqanlarning barçasi qahramon. Ular zamonamiz qahramonlari. Ularning safi kundan-kun köpayar ekan, yurtimiz şunça rivojlanaveradi, jamiyat loyqadan tozalanaveradi.

P.S.: Kun.uz naşri jurnalisti Ilyos Safarov ham joylardagi «eski» odamlarga qarşi yaxşigina kuraşdi va natijada Samarqand viloyati Jomboy tumani kengaşiga deputat bölib saylandi. Döstlarimizni çin qalbdan tabriklayman. Ilohim, ham xalq uçun, ham özlari uçun xayrli qilsin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing