Siyosiy partiyalar va Taşabbusli budjet tarğiboti
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganEng qiziği, bugun “Adolat” partiyasining bir vakili “Taşabbusli budjet” doirasida jamiyat manfaati uçun qoldirilgan taşabbusni tarğib qilib, odamlardan ovoz berişni sörayotganlarni tilançiga öxşatibdi.
Iya, unaqada Özbekistondagi tilançilarning eng kattalari siyosiy partiyalarning özi ekan-da! Har saylovda odamlarga qop-qop vaʼdalar berib, “unaqa qivoramiz, munaqa qivoramiz, istasangiz falakdan oyni olib beramiz, iltimos, bizga ovoz bering” deyişadi-ku ular ham. Uyma-uy yurib varaqalar tarqatib çiqişadi, hamma köçalarga “bizga ovoz bering” deb bannerlar ilişadi.
Deputatlar ham saylovoldi uçraşuvlarda har bir uçastka aholisi bilan uçraşib, “menga ovoz bering” deb tarğibot qiladi-ku. Yuqoridagi öxşatişga işonadigan bölsak, Toşkentning qoq markazidagi Oliy Majlis binosida 150 nafar tilançi işlayaptimi şunda?
Mantiq arqon kötarib, molxonaga kirib ketdi🤦🏻♂️
Gadoning duşmani gado, degan maqol rost ekan-yey😂
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2796



