Saylana olmay qolgan amaldagi deputatlar haqida

Matn26-dekabr, 2019, 09:012 daqiqa0 koʻrish

Saylana olmay qolgan amaldagi deputatlar haqida

Keça amaldagi deputatlarning 36 nafari saylangani haqida fikr bildirgandim. Kimlar saylana olmay qolgani özimga ham juda qiziq tuyuldi va qöşimça örganib çiqdim.

Eng avvalo şuni maʼlum qilişim kerakki, joriy yilgi saylovlarda qayta nomzodini qöygan amaldagi deputatlar soni keça aytilganidek 45 nafar emas, balki 43 nafar ekan. Demak, 43 nafar amaldagi deputatdan 36 nafari (84%) saylangan, 5 nafari takroriy ovoz berişga qolgan, atigi 2 nafari saylana olmay qolibdi.

Kimlar qayta saylana olmadi?

Birinçisi, XDP partiyasidan Akmaljon Umaraliyev. U 87-Angren saylov okrugidan nomzodini qöygandi. Uşbu okrugda 1-turda heç kim saylana olmadi. 2-turga “Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ umumiy masalalar böyiça direktori örinbosari Aminov Nosirjon hamda “Fuqarolik jamiyati – Grajdanskoye obşçestvo – Civil society” jurnali boş muharriri örinbosari Mirzaliyev Murodjon ötdi.

Saylana olmay qolgan ikkinçi amaldagi deputat esa Ekopartiya vakili Sadirjan Djakbarov. Uning nomzodi 113-Toşloq saylov okrugidan qöyilgandi, ammo qayta saylaniş nasib qilmadi. Bu okrugdan Farğona viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Tilavoldiyev Nodirbek 1-turning özidayoq deputatlikka saylandi. Ha, endi, viloyat hokimligida işlaganidan keyin törtala raqibi amaldagi deputat bölganda ham baribir saylaniş ehtimoli juda yuqori bölardi. Çunki öz faoliyati davomida deputatlarga qaraganda xalq bilan yaqinroq bölgan, toşloqliklar dardiga malham bölib, ularning işonçini qozona olgan demoqçimanda, notöğri tuşunmang tağin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek