Saylov natijasidan norozilar nima qilişi kerak
Saylov natijasidan norozilar nima qilişi kerak?
Şu kunlardagi eng aktual mavzu, şubhasiz saylov bölib turibdi. Natijalar eʼlon qilinganidan keyin muhokamalar yanada kuçaydi. Bu tabiiy hol, albatta.
Avvalgi postlarimda ham aytgan edim, ovoz berişgaça bölgan jarayon işning yarmi bölsa, ovozlarni sanaş va hisoblaş qolgan yarmidir. Va Özbekiston şaroitida ikkinçi yarmi öta muhim, desak ham böladi.
«Xalqqa baliq berma, baliq tutişni örgat» deyişadi. Saylov arafasida nomzodlar nimalarga eʼtibor qiliş kerakligi, öz haqligini isbotlaş uçun qaysi harakatlarni amalga oşirişi lozimligi haqida köp yozdim. Kimningdir bitta muammosini kötarib çiqib, faqat şuni hal qilgandan köra, barçaga öz haq-huquqi uçun kuraşiş yöllarini örgatgan yaxşiroq, deb hisoblayman.
Kelib tuşayotgan şikoyatlarni körib, köpçilik şu maslahatlarga amal qilganidan xursandman. Videolar, rasmlar, bayonnoma nusxalari... Bularning barçasi haqiqiy demokratik saylovlarning ilk miltillagan uçqunlaridir.
Xöş, endi muddaoga ötsam. Qölida dalil va isboti bor, saylov natijasidan norozi bölgan nomzodlar endi nima qilişi kerak?
Saylov qonunçiligi böyiça bunday vaziyatda vakolatli taşkilotlarga şikoyat bilan murojaat qiliş kerak. Bular quyidagilar:
1) Markaziy saylov komissiyasi;
2) sud;
3) prokuratura.
Şikoyat arizangizga dalillarni (bayonnoma nusxalari, video yoki fotomateriallar) ilova qilgan holda barça uçala taşkilotga ham yuboring. Arizangizning bir nusxasiga “oldim” deb imzo qöyişsin.
Quyidagilar muhim!
👉 Markaziy saylov komissiyasiga poçta orqali (100078, Toşkent şahri, Islom Karimov köçasi, 43-uy) yoki 1197 işonç telefoni orqali şikoyat yöllaşingiz mumkin. Unutmang, hududiy saylov okruglari heç narsani hal qila olmaydi, ularga şikoyat yöllaş befoyda;
👉 Saylov natijalaridan norozi bölib tegişli saylov komissiyasining qarori ustidan maʼmuriy sudga şikoyat qiliş mumkin. Qoida tariqasida sudga şikoyat qiliş muddati 3 oy etib belgilangan. Saylovni haqiqiy emas deb topiş töğrisida qabul qilingan qaror ustidan sudga şikoyat qiliş muddati esa – 10 kun;
👉 Hududiy saylov komissiyasilarining qarori ustidan tegişli hududdagi sudlarga, Markaziy saylov komissiyasining qarori ustidan Oliy sudga şikoyat qilinadi;
👉 Saylov töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor şaxslar belgilangan tartibda javobgar bölişi belgilangan. Bunday şaxslarni javobgarlikka tortiş uçun esa prokuratura organlariga şikoyat beriş kerak. Bugungi kunda barça böğin (respublika, viloyat, tuman) prokuraturalarida saylov böyiça şikoyatlar qabul qilinmoqda. Agar istasangiz, töğridan-töğri Boş prokuraturaga yozma (100047, Toşkent ş, Yahyo Ğulomov köçasi, 66) yoki 1007 işonç telefoni orqali murojaat qilişingiz mumkin;
👉 lekin unutmang, prokuratura organlari saylovlarni haqiqiy emas deb topiş yoki saylov komissiyalarining qarorini bekor qiliş vakolatiga ega emas. Şu sababli asl maqsadga erişiş uçun yoki sudga, yoki MSKga murojaat qiliş ham yoddan çiqmasin;
❗️asosiy maslahatim, yuqoridagi uçta yöldan eng muhimi, bu – sud! Norozi tomonlar sudga borişi eng töğri yöl bölar edi. Asosiysi qölingizda aniq dalillar bölişi kerak. Heç kim inkor eta olmaydigan dalillar bormi, unda sira xavotirlanmay, sudga bering.
👉 Ijtimoiy tarmoqlar masalasiga kelsak, bu muammoni hal qiliş kafolatini bermaydi. Yaʼni faqat internetda şikoyat yozib, lekin qolgan taşkilotlarga rasman ariza bermaslik masalani hal qila olmasligi mumkin. Şuning uçun eng avvalo rasmiy yöllardan foydalanişni unutmang.
Masalan, propiska haqida internetda ming marta yoziladi, ammo özgariş yöq. Biroq sud orqali yuzlab fuqarolar imi-jimida allaqaçon propiskaga kirib böldi. Köryapsizmi, sudga beriş amalda köproq foyda beradi.
👉 Botga kelayotgan murojaatlar soni 2600 dan ortiq yaqinlaşdi. Ularning har birini öqib çiqişga harakat qilyapman va quruq gaplar emas, konkret faktlar keltirilgan murojaatlar tegişli idoralarga öşa zahoti yetkazilmoqda. Töğri tuşuning, bot orqali hammaga javob yoziş majburiyatini olmaganman, maqsadim çatlaşib ötiriş emas, muammoni zudlikda tegişli idoralarga yetkaziş edi.
