Boş prokuratura saylovdagi qonun buzilişi xabarlarini örganmoqda
Manba:Хаёт Шамсутдинов
Rasmiy bayonot
Prokuratura organlari tomonidan saylov jarayonida qonun ustuvorligini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Mazkur faoliyat doirasida Boş prokuratura ştabi tomonidan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoği, şu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda saylovga oid qonun buzilişi holatlari haqida eʼlon qilingan maʼlumot va xabarlar uzluksiz ravişda örganilmoqda.
2019-yilning 22-dekabr, yaʼni parlament Qonunçilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga ötkazilgan saylovlar kuni Internet tarmoğida ayrim hududlarda saylovlar ötkazilişida qonun buziliş holatlari sodir etilayotganligi haqida maʼlumotlar eʼlon qilindi.
Xususan, Qaşqadaryo viloyati Koson tumani xalq deputatlari Kengaşi deputatligiga nomzodi körsatilgan şaxslarni öz nomzodlarini qaytarib olişga majburlaş, Toşkent şahri Olmazor tumanidagi 10, 23 va 142-sonli saylov uçastkalari işiga noqonuniy aralaşiş hamda okrug va uçastka saylov komissiyalariga Toşkent şahri Yaşnobod tumanida ovozlarni sanab çiqiş böyiça yakuniy bayonnoma nusxasini töldiriş va bayonnoma nusxalarini heç kimga tarqatmaslik yuzasidan ğayriqonuniy körsatma berilişi bilan boğliq maʼlumotlar tarmoq orqali tarqatilib, keng jamoatçilik orasida muhokamaga sabab böldi.
Markaziy saylov komissiyasidan yuqorida keltirilgan maʼlumotlar tegişli tartibda körib çiqiş uçun Boş prokuraturaga taqdim etildi.
Şu munosabat bilan, tajribali prokuror-tergov xodimlaridan iborat maxsus guruhlar şakllantirilib, mazkur xabarlarning har biri sinçkovlik bilan har tomonlama örganilmoqda.
Bu borada Markaziy saylov komissiyasi bilan yaqindan hamkorlik örnatilib, tezkor maʼlumotlar almaşinuvi yölga qöyilgan.
Tekşirişlar natijasiga köra xabar beriladi.


