Vaqtinça propiskadagi fuqarolar saylovda ovoz berişi
Xushnudbek.uzMatn3 daqiqa0Vaqtinça propiskada turganlar saylov payti qanday ovoz beradi?
#Saylov2019
Muştariylarimiz tomonidan berilayotgan navbatdagi juda köp savollardan biri, aynan rasman vaqtinça propiskada turgan yoki umuman biror joyda vaqtinça hisobga olinmasdan, şunçaki boşqa hududda yaşab yurgan fuqarolar qayerdan ovoz berişi mumkinligi haqida edi. Markaziy saylov komissiyasi bilan boğlanib, uşbu masalaga oydinlik kiritdik.
MSK fuqarolarni saylovçilar röyxatiga kiritiş masalalarida yagona amaliyotni qöllaş maqsadida qaror qabul qilibdi. Unda quyidagilar belgilandi:
Birinçidan, saylovçining qaysi saylov uçastkasi böyiça (doimiy yoki vaqtinça propiska (hisobda turiş) joyi böyiça) saylovçilar röyxatiga kiritilişi uçastka saylov komissiyasi ötkazadigan uyma-uy yuriş natijalariga köra aniqlanadi. Bunda, saylov uçastkasi hududida vaqtinçalik yaşayotgan fuqarolar bölsa, ularning ovoz beriş kuni uşbu hududda bölişi yoki bölmasligi özaro suhbat çoğida uçastka saylov komissiyasi aʼzosi tomonidan aniqlanadi va saylovçini vaqtinça yaşab turgan joyi böyiça saylovçilar röyxatiga kiritiş masalasi hal etiladi.
Saylov uçastkasi hududida vaqtinçalik yaşayotgan fuqarolar bilan şaxsan suhbat quriş imkoniyati bölmasa, ular vaqtinça yaşaş joyidagi saylov uçastkasi saylovçilar röyxatiga kiritilmaydi.
Ikkinçidan, agar saylovçi propiskada turmasa, vaqtinça yaşaş joyidagi saylov uçastkasi böyiça saylovçilar röyxatiga kiritilişi va ovoz berişi mumkin.
Bunda saylovçi yaşab turgan joyidagi saylov uçastkasi böyiça röyxatga kiritilişi uçun şu hududdagi uçastka saylov komissiyasiga saylovga kamida uç kun qolgunga qadar (19-dekabrgaça) murojaat qilişi mumkin.
❗️Fuqaro haqiqatan saylov uçastkasi joylaşgan hududda vaqtinça yaşayotganligini qöşimça hujjatlar (vaqtinça yaşaş maʼlumotnomasi va boşqalar) bilan tasdiqlaşni talab qilişga yöl qöyilmaydi. Yaʼni şunçaki "saylov kuni men mana şu hududda bölaman", deb murojaat qilsa yetarli.
Uçastka saylov komissiyasi fuqaroning şaxsini tasdiqlovçi hujjati asosida saylovçining qaysi saylov uçastkasi böyiça röyxatga kiritilganligini saylovçilarning yagona elektron röyxatidan (SYAER) izlab topadi va muddatidan oldin ovoz bergan yoki bermaganligini aniqlaştiradi. Muddatidan oldin ovoz bergan bölsa röyxatga kiritilmaydi.
Uçinçidan, saylovçi ovoz beriş kuni (22-dekabr) doimiy yoki vaqtinça propiska (hisobda turiş) joyi böyiça murojaat qilganda, agar u saylovçilar röyxatiga kiritilmagan bölsa, uçastka saylov komissiya aʼzosi tizimga kirib uşbu fuqaroni SYAERdan izlab topadi.
Izlab topgandan söng aloqa vositalari orqali saylovçilar röyxatiga kiritilgan saylov uçastkasida ovoz bergan/bermaganligini aniqlaştiradi. Şundan söng saylovçini saylovçilar röyxatining ilovasiga kiritgan holda unga saylov byulletenini beradi. Narigi uçastka saylov komissiyasi saylovçi boşqa saylov uçastkasida ovoz berganligini qayd etib qöyadi.
Agar fuqaro narigi saylov uçastkasida ovoz bergan bölsa, unda ovoz beriş rad etiladi, çunki 1 kişi 1 ovozga ega.
Beşinçidan, agar saylovçi ovoz beriş kuni (22-dekabr) hisobga olinmagan (propiskada turmagan) joyi böyiça uçastka saylov komissiyasiga murojaat qilganda, fuqaroning doimiy yoki vaqtinçalik yaşaş joyi böyiça boşqa saylov uçastkasida ovoz berişi kerakligini tuşuntiriladi hamda ovoz beriş rad etiladi.
XULOSA: boşqaça aytganda, rasmiy vaqtinça propiskaga ega bölgan fuqarolar saylov kuni bemalol yaşab turgan saylov uçastkasiga borib ovoz berişlari mumkin, rasmiy röyxatdan ötmasdan yaşayotganlar esa 19-dekabrgaça murojaat qilib qöyişlari kifoya qiladi. Saylov kuni borsa, röyxatdan ötmasdan yaşayotgan hududida ovoz bera olmaydi.
👉 @xushnudbek 👈



