Yaqin qarindoşlarning işonçnomasiz maşina haydaşi
Yaqin qarindoşlarning işonçnomasiz avtomaşina haydaşiga oid masala yuzasidan IIV YHXBB javob berdi
“Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 915-son qaroriga asosan, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisida körsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoşlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) uşbu transport vositasidan mustaqil foydalanişi va boşqarişi mumkinligi belgilanib, yangi namunadagi suğurta polisi blankalari ham tasdiqlangan.
Haqiqatdan ham, hozirgi kunda suğurta kompaniyalari tomonidan yangi namunadagi suğurta polisi blankalarini çop etiş va amalga kiritiş böyiça muammo mavjud.
Taʼkidlaş lozimki, mazkur muammoning yeçimi topilişidan eng avvalo biz manfaatdormiz. Çunki, yöl patrul xizmati inspektori bilan haydovçi örtasidagi munosabatlarning qay tarzda şakllanişi ham şunga boğliq.
Şu bilan birga, Moliya vazirligi Suğurta nazorati davlat inspeksiyasi mazkur muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etiş böyiça çoralar körayotganligini maʼlum qilamiz.
Muammoga eʼtibor qaratganingiz va uning yeçimini tezlaştirişga qöşayotgan hissangiz uçun Sizga hamda masalaga beeʼtibor bölmagan barça yöl harakati iştirokçilariga minnatdorlik bildiramiz.
Özbekiston Respublikasi
IIV YHXBB boşliği
O.Ç.Saidov”
P.S.: masʼullarga javob uçun katta rahmat. Moliya vazirligi hali uşbu masala böyiça munosabat bildirmadimi?

