Yaqin qarindoşlar maşinani işonçnomasiz boşqarişi mumkin
Savol: yaqin qarindoşlar işonçnomasiz maşina boşqarişi mumkinmi? Prezident qarorida 1-oktabrdan mumkin deyildi. Lekin hozirça qonun osti hujjatlariga özgariş kiritilmadi, tartibi tasdiqlanmadi. Şunga köra, fuqarolarimiz bugun yaqin qarindoşlarining maşinalarini işonçnomasiz boşqara oladimi?
IIV YHXBB matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusov:
“Haqiqatdan hozirda qaror loyihalari tasdiqlaniş arafasida. Şunga qaramasdan bugungi kunda ham fuqarolar suğurta polisida ism-familiyasi körsatilgan bölsa yoki suğurta polisi umumiy bölsa, yaqin qarindoşlarining maşinalarini işonçnomasiz boşqarişi mumkin, bunga tösqinlik yöq”.
P.S.: agar suğurta polisi umumiy olingan bölsa va unda familiyalar körsatilmagan bölsa, unda yaqin qarindoşlikni isbotlaş tartibi qanday böladi, degan savolga hali rasmiy hujjat qabul qilinmagani uçun hozirça aniq javob berilmadi.
👉 @xushnudbek 👈


