Propiskasiz uy sotib oliş haqidagi petitsiya rad etildi
«Yana ikki baho» («Opyat dvoyka»)
Ayrim masalalarni har qança tanqid qilmaylik, lekin iç-içimizdan baribir yaxşiliklarga umid qilaveramiz. Şu yurt rivojlanişi yölida oldingi ginalarni unutib, kelajakka işonç bilan yana olğa borişga harakat qilaveramiz.
Yodingizdami, bundan bir neça oy avval Özbekistonda propiska rejimini butunlay bekor qilişni sörab «Mening fikrim» portalida petitsiya qoldirgandim. Öşanda petitsiyam öta kulgili asos bilan noqonuniy rad qilingaç, bu portaldan hafsalam pir bölganini, ularning bu işi közböyamaçilik ekanligini aytgandim.
Ammo oylar ötib, köngildagi umid qurğur yana boş kötardi. Pessimist bölmaslikka daʼvat qildi.
• 16-avgust kuni «Mening fikrim» portalida ikkinçi petitsiyamni qoldirdim. Birinçi gal propiska tizimini butunlay bekor qilişni söragandim. Bu safar sal pastga tuşdim, kamroq narsa söradim. Yaʼni Toşkentda propiskasi bölmagan şaxslarga ham ikkilamçi bozordan uy sotib olişga ruxsat berişlarini iltimos qildim.
• Aslida uşbu taklif osmondan olinmagan, Harakatlar strategiyasi doirasida Prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2018-yilgi Davlat dasturida bor edi. Lekin Prezident Farmonining uşbu bandi bajarilmadi. Heç kim nega bajarilmaganiga izoh ham bermadi.
• Xullas, petitsiyamda yangi narsa kaşf qilmadim, Prezident Farmoni orqali taklif etilgan, lekin bajarilmagan kiçkina bir bandni eslatdim xolos.
• Ammo keça ikkinçi petitsiyamga ham rad javobi berişdi, petitsiya umumxalq ovoziga qöyilmaydigan böldi.
• «Mening fikrim» portali yana bir bor erkinlik sinovidan öta olmadi. Senzura yana ğolib çiqdi. «Xalq - qonunlarning asosiy ijodkori bölsin» degan prinsip yana bir bor ayrim byurokratlar tomonidan çippakka çiqarildi.
• Bu safargi rad qiliş asoslari ham xuddi ötgan galdagi bilan bir xil. Yaʼni sönggi yillarda propiskani soddalaştiriş böyiça köp iş qilinayotganligi uçun, petitsiyamga rad javobi berişibdi. Masalan, propiskasiz yaşaganlik uçun maʼmuriy jarimalar yengillaştirilgani munosabati bilan, ikkilamçi bozordan propiskasiz uy sotib olişga ruxsat beriş haqidagi petitsiyam rad qilingan emiş. Ali qolib, Valiga yopişişibdi. Maynavozçilik, xullas.
• Boz ustiga petitsiyamga rad javobi naq 2 oyda berildi. Vaholanki, Qöşma qaror bilan tasdiqlangan Nizomda 15 kun içida ekspertizadan ötkaziş kerakligi belgilangan. Qöşma qaror Qonunga tengligini yaxşi bilasiz. Demak, hozirgi holatda qonun buzilgan.
• Yana bir qiziq tomoni. Işçi guruhning rad javobida aytilişiça, mazmuni va maʼnosiga köra veb-portalga kelib tuşgan va u böyiça vakolatli davlat organi tomonidan tegişli qaror qabul qilingan paytidan eʼtiboran bir yillik muddat ötmaganligi sababli petitsiyam eʼlon qilinmaydigan bölibdi. Vaholanki, ikkilamçi bozordan propiskasiz uy sotib olişga ruxsat beriş töğrisida vakolatning organning oxirgi bir yil içida qabul qilgan birorta qarori yöq. Yolğon gapirişdan uyalmasmikin-a?
• Ijro hokimiyatining propiskani qöllab-quvvatlaşini tuşunsa böladi, tizimdagi ayrim rahbarlar propiska ortidan katta foyda körişi mumkin. Uy quradigan yirik taşkilotlar ham ijro hokimiyatiga gapini ötkazişi ança osondir balki. Lekin Parlamentning qölida bölgan portal ham propiskaga oid har qanday petitsiyani rad qilişi juda qiziq. Xalq saylagan vakillar xalq dardini yengillaştirmasdan, ular kötargan muammoni rad qiliş, fikrlarini eʼlon qilmaslik bilan şuğullanişi oğriqli...
• «Mening fikrim» portali Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yöllagan Murojaatnomasidan keyin Qonunçilik palatasi hamda Senatning qöşma qarori asosida taşkil etilgan edi. Garçi portal moderatorligi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutiga yuklangan bölsada, lekin muayyan petitsiyani ötkaziş yoki ötkazmaslik masalasini ular hal qilmaydi. Bunga bevosita Senat va Qonunçilik palatasi javobgar.
• Şunga köra, Senat hamda Qonunçilik palatasi uşbu masala böyiça biror izoh berişini kutib qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈
