Propiskani bekor qiliş haqidagi petitsiya taqdiri

Matn30-aprel, 2019, 19:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Propiskani bekor qiliş haqidagi petitsiya taqdiri nima böldi?

Köpçilik mendan Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska rejimini bekor qiliş töğrisidagi «Mening fikrim» portaliga joylangan petitsiyam taqdiri haqida qiziqib söramoqda. Şunga 2 oğiz izoh bermoqçiman.

Avvalo portalda jamoaviy murojaat qoldiriş tartibi haqida qisqaça maʼlumot bersam:

1) foydalanuvçi id.gov.uz tizimidan röyxatdan ötib, petitsiyasini qoldiradi;
2) dastlab uşbu petitsiyani 5 kişi qöllab-quvvatlaşi talab etiladi. Muallif petitsiya linkini döstlariga yuborişi mumkin;
3) 5 kişi ovoz bergandan keyin, petitsiya moderator körigiga yuboriladi. Yaʼni Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan ekspertiza qilinadi;
4) Moderator 15 kun içida yoki petitsiyani ommaviy eʼlon qilişi yoki rad etişi kerak;
5) Ommaviy eʼlon qilinsa, 90 kun davomida ovoz beriş amalga oşiriladi. Oliy Majlisga yuborilişi uçun 10 mingta ovoz olinişi kerak;
6) Yetarli ovoz töplansa, 60 kun içida Oliy Majlis körib çiqib, tegişli qaror qabul qiladi.

Mana şu qisqaça iş tartibi. Endi mening petitsiyamga kelsak. Yuqorida aytilganidek, qoldirilgan petitsiya 15 kun içida ekspertizadan ötkazilib, yoki ijobiy, yoki salbiy xulosa aytilişi kerak. Bu qoida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşining va Oliy Majlis Senati Kengaşining 2019-yil 2-fevralda 2310-III/KQ-503–III-sonli Qöşma qarori bilan tasdiqlangan nizomning 23-bandida belgilab qöyilgan.

Lekin ming afsuski bu qoidaga amal qilinmayapti. Keling, portalga kirib, eʼlon qilingan eng oxirgi 5 ta petitsiya misolida aniq misollarni körib çiqamiz.

Kommunal xizmatlar uçun tölovlarni töliq elektron şaklga ötkaziş haqida
Qoldirilgan: 2-fevral
Eʼlon qilingan: 30-aprel
Ekspertiza muddati: 87 kun

Kadastr yiğmajildi yöqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda nusxa olişni soddalaştiriş haqida
Qoldirilgan: 12-yanvar
Eʼlon qilingan: 17-aprel
Ekspertiza muddati: 95 kun

Mahallalarda konstruktorlik byurolarini taşkil qiliş haqida
Qoldirilgan: 26-yanvar
Eʼlon qilingan: 16-aprel
Ekspertiza muddati: 80 kun

“Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Qonunga özgartiş va qöşimça kiritiş haqida
Qoldirilgan: 22-yanvar
Eʼlon qilingan: 10-aprel
Ekspertiza muddati: 78 kun

Arxiv hujjatlari böyiça xizmat körsatiş tizimini tubdan takomillaştiriş haqida
Qoldirilgan: 18-yanvar
Eʼlon qilingan: 10-aprel
Ekspertiza muddati: 82 kun

Körib turganingizdek, portalda petitsiyalar 2-3 oy davomida ekspertizadan ötkazilmoqda. Qiziq, nizomda yozilgan 15 kunlik muddat kim uçun unda?

Xullas, men petitsiyani 24-aprelda qoldirgandim. 15 kunlik muddatni hisobga olsak, 10-may kuni aniq javobini aytişlari kerak. Yoki petitsiyamni ommaviy ovozga qöyiş, yoki asoslantirilgan holda rad qilişlari şart. Yöqsa qonunbuziliş bölib qoladi.

Mayli, 10-maygaça kutaylikçi, bir gap bölar. Balki el qatori 90 kun atrofida javob olarmiz, qonunçilik yana bir marta buzilsa, nima böpti...

Natijasi haqida kanalim orqali qöşimça maʼlumot beraman, nasib qilsa.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek