Mening fikrim portali propiska so'zini cheklamoqda
Matn31-yanvar, 2020, 12:191 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Albatta masʼullar «biz bunaqa qilmaganmiz» deyişi mumkin. Şu sababli ham keça barça jarayonlarni videoga olib qöygan edim.
Quyidagi tasvirlarda «Mening fikrim» portali qanaqa qilib "propiska" sözlari qatnaşgan petitsiyani qabul qilmagani, lekin keyinçalik "propiska" sözlari örniga "doimiy röyxatdan ötiş" sözlariga almaştirganimdan keyin qabul qilgani aks etgan.
Balki bularning barçasi şunçaki tasodifdir, kim bilsin. Lekin nima bölgan taqdirda ham juda ajoyib tasodiflar diyorida yaşaymiz, men Sizga aytsam.
P.S.: hattoki Prezident nutqidagi "propiska" sözlarini ham almaştirişga majbur böldim 🙈
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2
