Propiska rejimini bekor qiliş böyiça petitsiya
Köp işlar aslida kutilmaganda, tasodifan röy beradi. Masalan, bugun «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga masʼullardan biri portalni köproq tarğib qilsak jamiyat uçun foydali bölişi, huquqiy instrumentlar orqali közlangan maqsadlarga erişiş mumkinligini aytib qoldi.
Şundan söng, portalni qanday işlaşini tekşiriş maqsadida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska rejimini bekor qiliş töğrisida jamoaviy murojaat joyladim.
5 kişi qöllab-quvvatladi, hozir ekspertiza jarayonida, hali ovozga qöyilmadi. Öşa murojaatga qoldirilgan izohda aytilişiça, bu kabi petitsiyalar moderator tomonidan ilgari rad qilingan ekan.
Qiziq, qaysi asos bilan? Agar şunaqa petitsiyalarni ötkazişmasa, unda bu portalning nima keragi bor? Amalda tekinga tonirovka qilişga ruxsat sörab, natijada 16 mln söm haq evaziga ruxsat olişga erişiş uçunmi?
Köramiz, nima bölarkin. Menimça, rad qilişmasa kerak.
👉 @xushnudbek 👈


