Khan Academy platformasini özbekçalaştiriş uçun xayriya
Bolalar kelajagi uçun hissa qöşiş imkoni Sizda bor, bunday imkonni qöldan boy bermang
(toma-toma köl bölur)
Ilm-fan rivoji uçun öz ixtiyori bilan mablağ ajratadigan va moddiy qöllab-quvvatlaydigan saxovatpeşa insonlar metsenat deb ataladi.
Metsenatlik ğarbda keng tarqalgan, masalan, tez-tez falonçi millarder qançadir millionlarini ilmiy grantlar uçun sarflagani haqida öqib qolamiz.
Lekin ming afsuski metsenatlik odati bizda yetarli şakllanmagan.
Töyda eng nozik tuyğularini hammaga köz-köz qiliş uçun Love Story tayyorlaşga 2-3 ming dollar sarflaşga tayyor, lekin ilm uçun 2-3 ming söm berişni öziga ep körişmaydi.
Maşinasi yoki telefoniga çiroyli raqam oliş uçun 100 mln sarflaşga tayyor, lekin farzandlarining kelajagi uçun 100 ming söm berişga xasislik qilişadi.
Ammo bilingki, eng foydali investitsiya, bu – bolalarni öqitiş uçun sarflangan mablağlar!
Endi masalaga köçsam.
Yaqinda «Khan Academy» elektron platformasini özbekçalaştirişga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi eʼlon qilingan edi.
Xan Akademiyasi 2008-yil AQŞda taşkil qilingan bepul onlayn öquv platformasi bölib, bugungi kunda 31 tilda faoliyat yuritadi: https://www.khanacademy.org/
Sönggi olti oydan buyon uni özbek tiliga ham tarjima qiliş işlari boşlandi. Buning uçun “Bilim onlayn” nodavlat-notijorat taʼlim taşkiloti tuzildi. Bu taşkilot öz nomi bilan NOtijoriy taşkilot sanaladi. Yaʼni foyda olişni közlamagan. Qöyilgan maqsadga tökis yetişiş uçun homiylik, xayriya mablağlariga muhtoj.
Bu loyihani işga tuşiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki 50 ming AQŞ dollari miqdorida grant ajratgan. Ammo şarti bor: taşkilot bu grantni olişi uçun belgilangan muddatda yana şunça miqdorda, yaʼni $50 ming xalqdan xayriya yordamida pul töplaşi kerak. Boşqaça aytganda, şu loyiha xalqning öziga kerakligini isbotlaşi va “bu foydali loyiha”, deya pul ajratişi kerak, şundagina xalqaro taşkilot öz grantini ajratadi.
Muddat 4-may kuni tugaydi.
Taşkilotçilarning aytişiça, 5 oy davomida atigi 9800 dollar yiğilibdi, xolos. Balki bunga tarğibot yaxşi yölga qöyilmagani hamda taşkilotni rasman röyxatdan ötkaziş uçun köp vaqt sarflangani sababdir. 4-mayga qadar belgilangan miqdorda xayriya mablaği töplanmasa, bank grantni bermaydi.
Menimça, muddat qisqa bölsa ham, lekin uşbu loyihani qöllab-quvvatlaşni istagan insonlar kömagi bilan bemalol uddalay olamiz.
Işoning, mazkur loyiha yoşlarimizning bilim olişlari uçun juda foydali. Bolalarga bilim berişni faqat davlat öz zimmasiga yuklab qöyiş notöğri, xalqning özi ham mana şunaqa fidoyilik orqali alternativ variantlar yarata oladi. Bu iş bizning qölimizdan keladi!
Click va Payme orqali yordam beriş mumkin.
Visa, Paypal orqali ham pul ötkazişingiz mumkin. Buning uçun quyidagi havolaga öting: http://bit.ly/xa_gofundme
Bank orqali sömda pul ötkaziş uçun:
H/r: 20212000400980475001
STIR: 207290667
Taşkilot nomi: “Bilim Onlayn” NNT
Manzili: Toşkent şahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy köçasi, 11-b-uy.
Qabul qiluvçi bank: “Aloqabank” ATB
MFO: 00401
STIR: 200829053
Manzil: Toşkent şahri, Mirobod tumani, Amir Temur şohköçasi, 4-uy
AQŞ dollarida pul ötkaziş uçun:
H/r: 20212840900980475001
Taşkilot nomi: “Bilim Onlayn” NNT
Manzili: Toşkent şahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy köçasi, 11-b-uy.
Qabul qiluvçi bank: “Aloqabank” ATB
Manzil: Toşkent şahri, Mirobod tumani, Amir Temur şohköçasi, 4-uy
SWIFT: SCLUZ22
Telegramdagi rasmiy kanal: @xanakademiyasi
(Aloqa uçun: @xanakademiyasi_admin)
E-mail: team@bilimonlayn.uz
Boğlaniş uçun telefon:
+998971309050
Qöşimça maʼlumot olmoqçi bölganlar bu yerga yozişlari mumkin.
https://www.facebook.com/KhanAcademyUzbek/
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

