Khan Academy O’zbek onlayn taʼlim platformasi oçildi
Khan Academy O’zbek - Özbekistondagi ilk ommaviy bepul onlayn taʼlim platformasining oçiliş marosimi bölib ötmoqda.
Bugun, Özbekistonda ilm sohasidagi tarixiy kunlardan biri. Bepul mustaqil taʼlim oliş böyiça dunyodagi eng katta platformalardan biri - Khan Academy - bir guruh fidoyi yurtdoşlarimiz tomonidan özbek tiliga tarjima qilinmoqda. Bu juda katta foydali, savobli hamda maşaqqatli iş.
www.xanakademiyasi.uz orqali yoşlarimiz onlayn videodarslarni körib, öz bilimlarini oşirişlari mumkin.
Töğri, internetda foydali kontent juda köp. Istalgan fan böyiça bemalol uyda ötirib, mustaqil va mukammal bilim oliş mumkin. Ammo ular xorijiy tillarda. Özbek tilida esa, ming afsuski, foydali manbalar juda ğarib.
Menimça, Khan Academy O’zbek loyihasi özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yillik bayramiga eng katta sovğa böldi.
Uşbu loyiha yana bir tomondan juda quvonarli. Mazkur loyiha taşabbuskor fuqarolar tomonidan amalga oşirildi, unga mingga yaqin insonlar öz xayriyalari bilan uluş qöşişdi. Yaʼni uşbu yirik loyiha mualliflari davlat emas, jamiyat - sizu biz! “Davlat bizga nima qilib berdi, falon narsani davlat qilsin” degan mafkura yopişib qolgan bir zamonda, fuqarolarning özi ham birgalaşib yirik loyihalar qila olişi mumkinligini isbotlab bergani uçun ham xursandman. Haqiqiy fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi ham şu aslida.
Siz ham loyihaga öz hissangizni qöşmoqçimisiz? Unda @khanacademyuzbek kanaliga aʼzo böling.
Payme yoki Click tizimlari orqali xayriya qilişingiz ham mumkin.
Agar öqituvçi yoki tarjimon sifatida loyihaga yordam bermoqçi bölsangiz, unda quyidagi xabarni öqib çiqişni tavsiya qilaman.
https://t.me/khanacademyuzbek/203
Xullas, loyihaga çin dildan omad tilayman! Ilohim, uşbu loyiha orqali yoş yigit-qizlarimiz, farzandlarimiz loyiha orqali öz bilimlarini oşirişsin, ular olgan bilimlar esa Vatanimizning rivoji uçun foyda keltirsin.
Hurmat bilan,
Xuşnudbek.
