Talabalarning mustaqil taşabbuslari va loyihalari
Taşabbuskor talabalar
Bugun Toşkent davlat yuridik universitetiga ”TEDxTSUL” loyihasi doirasida Alişer Saʼdullayev bilan birgalikda spiker sifatida çaqirişgandi. Uçraşuvga bunça köp talabalar kelişini kutmagandim, rosti.
Yana bir narsa quvonarli. Yaqinda Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida talabalar uyuşmasi taşkil qilgan ”The Chance” respublika yoşlari forumida qatnaşgandim. Butun boşli forumni talabalar özlari uyuştirgandi. Bugungi “TEDxTSUL” tadbiri ham talabalarning taşabbusi bilan bölib ötmoqda. Yaʼni ikkala tadbirda ham OTM maʼmuriyati deyarli aralaşmagan.
Bu juda yaxşi. Işonamanki, qolgan OTMlarda ham talabalarning mustaqil jamiyatlari, faol guruhlari, taşabbuskorlari darsdan taşqari vaqtlarda turli tadbirlar uyuştirişmoqda.
Talabalar OTM maʼmuriyatidan mustaqil ravişda yangi loyihalar, ğoyalar, eksprimentlar qilib körişi kerak. Birlaşişi, jamoa bölib işlaşga harakat qilişi lozim.
“Qaçon darsim tugarkin, tezroq uyga ketsam, borib uxlasam” degan talabalar ham böladi. Unaqalar doim bölgan va yana bölişda davom etadi. Ammo bu hamma talabalar befarq va loqayd bölişi kerak, degani emas.
Intilib yaşanglar, taşabbuskor bölib öqinglar! Sizlarga oliygohingizda yangi tadbir, yangi loyiha qilişga kim yoki nima xalaqit bermoqda? Ertagayoq öz ğoyangizni amalga oşiriş uçun kirişing, özingizga hamkor va hammaslaklar toping. Talabalik hayotini qaynoq va quvnoq qila oliş faqat öz qölingizda.
Talabalar, olğa!
Izoh: yuqoridagi suratlar “TEDxTSUL” tadbiridan, pastdagi suratlar “The Chance” forumidan.
