Khan Academy elektron platformasi özbekçalaştiriladi
«Khan Academy» elektron platformasi özbekçalaştiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Khan Academy” elektron platformasini mahalliylaştiriş va ommalaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
“Khan Academy” elektron platformasining maʼlumotlarini özbek tiliga moslaştiriş va ommalaştiriş böyiça çoralar quyidagi vazifalarni bajariş uçun amalga oşiriladi:
• öqituvçilarga yangi öqitiş metodikalarini qöllaşni örgatiş;
• bepul, sifatli bilim oliş imkoniyatini yaratiş va taʼlim sifatini oşiriş;
• Internet tarmoğidagi mavjud taʼlim sohasidagi oçiq axborot resurslarni özbek tiliga tarjima qiliş va moslaştiriş;
• aholi orasida zamonaviy bilimlarni tarğib qiliş, nazariy va amaliy könikmalarni şakllantiriş, aholining taʼlim darajasini va madaniy saviyasini oşiriş;
• onlayn darsliklar, öquv va uslubiy qöllanmalar, yangi pedagogik texnologiyalar, taʼlim resurslarini işlab çiqiş va Internet tarmoği orqali tarqatiş;
• zamonaviy usullarni tatbiq qiliş yöli bilan maktablarda taʼlim beriş jarayonini rivojlantiriş.
Juda yaxşi yangilik bu! Ançadan buyon Paynet va LeBazar loyihalari asosçisi Botir Orifjonov şu loyiha ustida iş boşlaganini eşitgandim. Nihoyat, uşbu loyihani hukumat darajasigaça olib çiqişga muvaffaq bölibdi. Boşqaça aytganda - «Şurik uddalabdi!» :)
Loyiha faoliyatiga omadlar tilayman!
👉 @xushnudbek 👈

