Öqituvçilarning majburiy obunadan qutilgani haqida
Yaypanlik öqituvçi, blogerlar çempionati sovrindori Isroil Tillaboyev öz Telegram kanalida (@videodarslarim) bugungi kun mavzusiga bağişlab post yozibdi. Boşqaçaroq aytganda, masalaga öqituvçilar közi bilan qaraşga harakat qilgan. Postni kiçik tahriri bilan töliqligiça havola qilaman:
«Keling, atigi ötgan öquv yili bilan bu yilgi vaziyatni taqqoslab beray: şaxsan men ötgan öquv yili ham 25% majburiy obunaga tortilganman, ha, aynan tortilganman, bittayam öz xohişimga binoan emas, oyligimdan uşlab qoliş yöli bilan maktabga özim nomini körmagan va yilda öqimagan gazetalarga yozdirişgan...
Bir öquv yilidan keyingi, hozirgi holatni köring, gazetalarga xohlagan obuna böldi, xohlamagan yöq. Lekin öqituvçi zoti gazeta öqimasa savodsiz bölib qolmaydi, qolmagan ham, savod masalasi gazeta öqiş yoki öqimaslik bilan ölçanişi hozir, ayni XXI-asrda kulguli holat. Heç bölmasa bu gaplarni ötgan asrning 70-90-yillarida aytsangiz işonardik.
Şunday qilib tarixda ilk bora Özbekiston öqituvçilari oyliklari gazetadagilarniki emas, öziniki, xohlasa obuna bölsin, xohlamasa öşa puliga kitoblar sotib olsin, va yana xohlasa internetga tölov qilsin, deyildi. Majburlanmadi, tanlov imkoniyati berildi.
Endi akalar, mabodo har yili janjal qilinib, qörqitilib, döq qilinib puli tortib olib qöyilgan öqituvçi MAJBURIY obunadan qutilgan bölgan holda, bir öqituvçimiz şu yil sentabrda “maktabimizda qaysi gazetaga obuna bölasiz?”, deb ötkazilgan majlisda aytganidek, “17 yil oyligimdan qaqşatib gazetalarga uşlab qolişdi, men bu yil bölmayman, xafa bölmanglar”, desa şunga kim aybdor, Prezident öqituvçilarga şaroit yaratib berayotgan siyosatini qöllab-quvvatlab majburiy obunaga qarşi çiqqan yangiça fikrlovçi Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov aybdormi, hurmatlilar?
Ilğor fikrli kişilarni öz zamondoşlari töğri qabul qilavermaganligi tarixdan isbotlangan. Bu holni şu kunlardagi Xalq taʼlimi vaziriga otilayogan turli toşlar, maqolalarda ham köriş mumkin. Şunday maqolani yozguvçilar va butun Özbekiston öqituvçilari diqqatiga bir savol bilan murojaat qilmoqçiman, Vazir obunaga majburlamanglar, har kimning öz ixtiyor bilan xohlagan gazetasiga yozilsin, deganiga aybdor deb topilişi kerakmi, axir u önlab yillar davomida inson huquqlarini toptab kelgan jirkanç illat, MAJBURIY sözini yöqotişga hissasini qöşdi, obunani emasku, hali ham öqituvçilar özi uçun foydali deb atalgan gazetaga obuna bölmoqdaku?
Misol uçun Farğona viloyati, Özbekiston tumanida bir maktabni bilaman, butun jamoasi har biri «Maʼrifat»ga obuna böldi (gazeta xodimlari telegramda ustozlar uçun guruh oçib tarğibotni kuçaytirgani samarasidir balki). Xöş, öşalarga Şermatov “unday qilma”, deb obunani töxtatdimi? Yöq-ku? Internet tarmoğini yaxşi bilgan kişi gazeta öqimaydi, deyiş va buni “vazirlikdan böşab ketgan sobiq xodim aytişiça”, deb katta bir saytda böhton qiliş önlab yillar jurnalistik tajribaga ega jurnalistga yaraşadimi? Meni qiziqtiradigan tomoni, meni yoki boşqani gazeta öqimaydi, deyiş isboti yuridik jihatdan qanday amalga oşirilarkan-a, saytga berayotganda şu tomonini öylab körişmadimikan? “Vazirlik sobiq xodimi aytişiça falonçi içib işga kelarkan”, “Vazirlik sobiq xodimi aytişiça pistonçini 100 ta samolyoti bor ekan”, deb bir maqola yozsam, öşa saytlar mening maqolamni ham çiqarib beraverarmikan-a? Qiziq, şaxsiy adovat sezilmadimi sizningça? Bilolmayapman-da men ham şunisini...
Butun Özbekiston öqituvçilariga savolim, sizlarni qaysi birlaringizni Xalq taʼlimi vaziri MAJBURIY obunadan qutqardi, qaysi birlaringizni obunadan qaytardi? Birinçisiga javob - hammamizni, ikkinçisiga javob - heç qaysimizni! Demak Şerzod Şermatov - ofarin sizga! Özbekiston öqituvçilari siz bilan birga! Böş kelmang!»

