Bekobod tumani xalq taʼlimi bölimi mudiri işdan olindi

Matn5-noyabr, 2018, 17:202 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Majburiy obunaga yöl qöygani uçun Bekobod tumani xalq taʼlimi bölimi mudiri işdan olindi

Bekobod tumani xalq taʼlimi bölimi boşliği Xasan Soibnazarov davriy naşrlarga majburiy obuna töğrisida bergan körsatmasi uçun öz lavozimidan ozod etildi. Bu haqida Xalq taʼlim vazirligi xabar bermoqda.

2018-yil 1-noyabr kuni bir neça internet OAV naşrlari Bekobodda öqituvçilar 2019-yil uçun obunaga majburlanayotganligi haqida maqolalar çop etgan edilar. Xalq taʼlimi vazirligi mutaxassislari uşbu maʼlumotlarni joyiga çiqib örgandilar.

Taʼkidlaş lozimki, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli Qarorining 5-bandida qişloqlarda joylaşgan umumtaʼlim maktablarini öntagaça gazeta va jurnallarga mahalliy budjet hisobidan obuna qiliş belgilangan.

Uşbu qaror talabidan kelib çiqib, Bekobod tumani xalq taʼlimi bölimiga “Toşkent haqiqati”, “Xalq sözi”, “Bekobod ovozi”, “Maʼrifat” gazetalariga obuna bölişlari uçun mahalliy budjet hisobidan mablağlar ajratilgan.

Toşkent viloyati xalq taʼlimi boşqarmasining Bekobod tumani xalq taʼlimi bölimi boşliği Xasan Soibnazarov tomonidan özboşimçalik bilan 2018-yil 30-oktabrda imzolangan 01-650/18-sonli xatida tumandagi jami 57 ta umumiy örta taʼlim maktablari direktorlariga bir neça gazeta va jurnallarga obuna böliş vazifasi yuklatilgan.

Taʼkidlaş lozimki, 2018-yil 14-avgustdagi Prezident qarorining 16-bandida xalq taʼlimi xodimlarining bosma naşrlarga majburan obuna bölişini taşkil etiş taqiqlangan.

Körilgan çoralar natijasida tumandagi umumiy örta taʼlim maktablarining öqituvçilari Bekobod tumani xalq taʼlimi bölimi boşliği xatida körsatilgan naşrlarga majburiy obuna bölişmagan.

Örganiş natijasida Bekobod tumani xalq taʼlimi bölimi boşliği Xasan Soibnazarov lavozimidan ozod etildi va uning majburiy obuna töğrisidagi körsatmasi bekor qilindi.

Şu bilan birga majburiy obunani oldini oliş böyiça kerakli çoralar körmaganligi va töliq nazoratga olmaganligi uçun Toşkent viloyati xalq taʼlimi boşqarmasining boşliği Şukur Burhonovga intizomiy çora körildi.

Uşbu holat yuzasidan barça xalq taʼlimi hududiy boşqarmalariga yana bir bor majburiy obunani oldini oliş böyiça qatʼiy topşiriq berildi.

Eslatib ötamiz, bir guruh jurnalistlar Bekobod öqituvçilarini majburiy obuna balosidan qutqarmoqçi bölganda, bekobodlik bir guruh öqituvçilar bu jurnalistlarni «ziyolilarni maʼrifatdan ayiruvçilar» deb atab, allambalo raddiya eʼlon qilgan edi. Va öşa Xasan Soibnazarovning xatini "majburlaş emas, tavsiya etiş" deya oqlaşga urinişgandi. Öz huquqi uçun özi kuraşmaydiganlar...

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek