Davlat boji stavkalariga kiritilgan özgarişlar

Matn5-noyabr, 2018, 15:142 daqiqa0 koʻrish

​​10-noyabrdan davlat boji stavkalariga ayrim özgarişlar kiritiladi

Hukumatning 2-noyabrdagi 904-sonli qaroriga muvofiq, davlat boji stavkalariga qöşimça va özgarişlar kiritildi.

👉 Endilikda quyidagilardan davlat boji undirilmaydigan böldi:

Fuqarolik işlar böyiça sudlarda:
▪️ otalikni tan oliş (belgilaş), bolaning u yoki bu onadan tuğilganligi, şuningdek tuğilgan vaqti faktlarini aniqlaş töğrisidagi arizalarni körganlik uçun;

Notariuslarda:
▪️nikoh şartnomasini tasdiqlaganlik, unga özgartirişlar kiritganlik yoki uning amal qilişini tugatganlik uçun;
▪️aliment tölaş töğrisidagi kelişuvni tasdiqlaganlik uçun.

👉 Yuridik şaxslar tuşunçasiga aniqlik kiritildi. Ilgari faqat “yuridik şaxslar” deyilgan bölsa, endilikda taraflardan biri yuridik şaxs bölganda ham maksimal stavkada boj undiriladi;

👉 Ayrim şartnomalarga özgartiriş kiritiş yoki şartnomani bekor qiliş uçun tölanadigan davlat boji miqdori aniqlaştirildi. Bunda:

Ijara şartnomasi uçun boj:
özgariş kiritiş - tasdiqlaş bilan bir xil;
bekor qiliş - tasdiqlaşning 50%i.

Qarz şartnomasi uçun boj:
özgartiriş kiritiş va bekor qiliş - tasdiqlaşning 50%i.

Kafillik şartnomasi uçun boj:
özgartiriş kiritiş va bekor qiliş - tasdiqlaş bilan bir xil.

👉 Merosga egalik huquqi haqida guvohnoma berganlik uçun davlat bojini hisoblaş tartibi özgardi, aniqroği ança soddalaştirildi. Ilgari vorislarning yaqinlik darajasi böyiça meros summasining 0,1% dan 2% gaça boj undirilar edi. Masalan, farzandlarga arzonroq, boşqalarga qimmatroq, qimmat uydan köproq, arzon maşinadan kamroq va h.k.

Endilikda davlat boji meros summasidan qatʼi nazar EKIHga boğlab qöyildi. Yaʼni meros köçmas mulk yoki avtomototransport vositasi bölsa (har biri uçun) EKIH 50% miqdorida, boşqa barça mol-mulklar uçun EKIH 30% miqdorida boj undiriladigan böldi;

👉 korxonani boşqa şaxsga ötkaziş şartnomalarni tasdiqlaganlik uçun EKIH 1 baravari miqdorida davlat boji tölanişi alohida band sifatida körsatildi;

👉 qoidaga köra, notarial binodan taşqarida bajarilgan iş uçun 2 baravar boj undiriladi, lekin kiritilgan özgarişga binoan, endilikda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari çoğida amalga oşiriladigan notarial harakatlar uçun 2 baravar emas, odatdagiday boj tölanadigan böldi.

Uşbu özgarişlar 10-noyabrdan kuçga kiradi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek