Propiska yana yopiladimi: miş-mişlarga oydinlik kiritildi

Matn28-may, 2020, 19:381 daqiqa0 koʻrish

Propiska yana yopiladimi?

Odamlar bu gapni qayerdan olgan bilmadimu, lekin özgalarning nomida turgan uyini tezroq notariusdan öz nomiga ötkazib olişga şoşilayotgan fuqarolar orasida şunaqa gap yurgan emiş. Yaʼni «bu vaqtinçalik aksiya, uyni tezroq ötkazib qoliş kerak, yöqsa yaqinda yana propiskani yopib qöyadi, biz ötkaza olmay qolamiz» degan miş-mişlarni aytib yurişibdi. Notariuslar esa odam bilan tölib ketgan emiş.

Balki karantin tufayli Toşkentga kiriş-çiqiş yopilişi mumkindir, ammo buni propiskaga yoxud uy-joy oldi-sotdisiga umuman aloqasi yöq.

Ikkilamçi bozordan uy olişga ruxsat beriş haqida Prezident Farmoni imzolangan. Farmonda faqat maʼlum paytgaça ruxsat beriladi, keyin yana töxtatiladi, degan gap yöq. Bu tartibni ortga qaytariş uçun yana bitta Prezident Farmoni imzolanişi kerak. Yaʼni propiskasi yöq fuqarolarning ikkilamçi bozordan uy sotib olişga ruxsat berilişi, agar zamon ters aylanib ketmasa, Xudo xohlasa umrbod amal qiladi.

Şuning uçun vahima qilib, "vaqtinçalik ekan bu, uyni tezroq ötkazib olaylik", deb kun böyi tiqilinç navbatda turib, soğliğingizni xavf ostida qoldirmang.

Bu mavzu böyiça munosabat bildirgan adliya vazirligi matbuot kotibining sözlariga köra, Toşkentdagi köçmas mulk oldi-sotdi şartnomalarini rasmiylaştiriş uçun fuqarolar aynan Toşkentdagi notariusga kelişlari şart emas. Respublikaning istalgan hududidagi notariusga murojaat qilsa böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek