Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi xarajatlari eʼlon qilindi
Moliya vazirligi Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasining mablağlari qayerga sarf qilinganligi töğrisida maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Jamğarmaning jami daromadi 7,44 trln söm bölgan, şularning 7,32 trln sömi (98,3%) xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari evaziga şakllantirilgan.
Bugungi kungaça jami 3,3 trln söm xarajat qilingan.
Eng köp mablağ Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentiligiga ajratilgan - 573 mlrd söm.
Keyingi eng köp mablağ “Issiq elektr stansiyalar” AJga sarflangan va 500 mlrd söm subsidiya berilgan.
Boşqa yirik xarajatlar quyidagilar:
406 mlrd – “Uzbekistan Airways” AJga ssuda;
401 mlrd — "Özbekneftgaz" AJga subsidiya;
101 mlrd - “Uzbekistan Airports” AJga ssuda;
100 mlrd – Jamoat işlari jamğarmasiga (işsiz fuqarolarni vaqtinça işlarga jalb qiliş uçun);
60 mlrd – Kasaba uyuşmalari federatsiyasiga (kam taʼminlangan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş uçun);
50 mlrd – Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasiga (şaxsiy tomorqalarni rivojlantiriş uçun);
40 mlrd —“Birinçi rezinotexnika zavodi” MÇJga ssuda;
11 mlrd – “Toşkent metropoliteni” va “Toşşahartransxizmat” xodimlariga iş haqi uçun.
Şuningdek, quyidagi maqsadlar yölida ham mablağlar sarflangan:
504 mlrd – suv taʼminoti va irrigatsiya tadbirlari bilan boğliq xarajatlar uçun;
487 mlrd – şifoxonalar va karantin majmualarini quriş va jihozlaş uçun;
70 mlrd – ijtimoiy nafaqalar uçun.
👉 @xushnudbek 👈
