Timur Işmetov amaldorlarning qimmat maşina olişi haqida
Xushnudbek.uzVideo7 daqiqa0tahrirlanganTimur Işmetov: iqtisodiy inqiroz paytida amaldorlarning qimmat maşina olişiga tanqid bilan qaraymiz
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi majlisda deputat Rasul Kuşerbayev hokimlar va boşqa amaldorlarning qimmat avtomaşina olayotgani haqida savol berdi.
Moliya vaziri Timur Işmetov uşbu savolga javob berar ekan, bu holatlarga Moliya vazirligi tanqid bilan qaraşini, amaldorlar iqtisodiy inqiroz paytida biror xaridni amalga oşirişdan oldin nafaqat qonun bilan, balki mantiq bilan iş tutişi kerakligini taʼkidladi.
Ammo öz navbatida mahalliy byudjetlarga moliyaviy mustaqillik berişni davom ettirişni töxtatib qöymaslik kerak, aksinça oçiqlik va oşkoralik siyosatini taʼminlasak, jamoatçilikning özi hammasini joy-joyiga tuşirib qöyadi, oldingidek mahalliy byudjetlarga sunʼiy çeklov qöyiş kerakmas, dedi.
Timur Işmetovning maʼlum qilişiça, jamoatçilikning eʼtirozidan keyin qaysi amaldor qanaqa maşina olişi mumkinligini aniq belgilaş töğrisida Hukumatdan topşiriq bölgan, tez orada tasdiqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈


