Hisob palatasi öqituvçilar tölovlari qisqartirilişiga qarşi

Matn18-noyabr, 2020, 10:221 daqiqa0 koʻrish

​Öqituvçilarga direktor jamğarmasidan beriladigan tölovlar qisqartirilişi mumkin. Hisob palatasi bunga qarşi

Hisob palatasining Özbekiston Respublikasining “2021-yil uçun Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti töğrisida”gi Qonuni loyihasi va 2021-yil uçun Byudjetnoma böyiça Özbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi eʼlon qilindi.

Maʼlum bölişiça, Moliya vazirligi kiritgan loyihaning Özbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga möljallangan fiskal strategiyasining iş haqi va boşqa tölovlar böyiça budjet siyosatida:

- taʼlim muassasalaridan taşqari budjet taşkilotlarida moddiy rağbatlantiriş jamğarmasidan tölovlarni 5 foizga;

- taʼlim muassasalarida işlovçi xodimlarga direktor jamğarmasidan tölanuvçi tölovlarni 4 foizga qisqartiriş taklif qilingan.

Hisob palatasi xulosasida 2020-yilda budjet muassasalarida işlovçi xodimlarning iş haqini indeksatsiyasi inflyatsiya darajasidan (kutilayotgan inflyatsiya miqdori 11,5 foiz) past miqdorda bölganligi hamda ularning real daromadlari kamida 10 foizga kamayganligi inobatga olib, yuqoridagi qisqartirişlarni amalga oşirmaslik lozimligi aytiladi.

Hisob palatasi, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining ştat birliklarini 10 foizga qisqartiriş natijasida maqbullaştiriladigan 550 mlrd söm va davlat maqsadli jamğarmalariga ehtiyojga nisbatan ortiqça berilayotgan 1 311,4 mlrd söm budjet transfertlarini budjet taşkilotlari xodimlarini moddiy rağbatlantiriş jamğarmasiga yönaltirişni maqsadga muvofiq deb topgan.

Bu ketişida Prezidentning öqituvçilar oyligini 1000 dollarga yetkaziş haqidagi gapi hali beri amalga oşmasa kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek