Toşkentda 1,5 trln sömlik buyurtmalar tendersiz berilgan
Manba:davletovuz
Toşkent şahar hokimligi "Yagona buyurtmaçi xizmati" injiniring kompaniyasi tomonidan poytaxtda turli inşootlarni quriş, infratuzilma va kommunal tarmoqlar barpo etiş, taʼmirlaş kabi buyurtmalarni töğridan-töğri, asosan hukumat hujjatlari, aniqroği farmoyişlari bilan xususiy kompaniyalarga taqdim etilgan.
Jadvalda davlat xaridlari portalida joylaştirilgan, şartnoma qiymati qariyb 1,5 trln sömlik buyurtmalar qaysi kompaniyalarga berilgani haqida maʼlumot taqdim etilmoqda. Summalar asosan şartnoma qiymatiga taalluqli bölib, yakuniy miqdori bajarilgan işlar böyiça köp yoki kam bölişi ham mumkin.
Ayrim şartnomalarda manfaatlar töqnaşuvi ehtimoli ham körinadi, buyoği endi mutasaddi idoralarning işi. Aksariyat kompaniyalar sönggi 2-3 yilda taşkil topgan. Şunday bölsa-da, yirik-yirik obyektlar ularga işonib, tendersiz topşirilgan. Mablağlar asosan respublika byudjeti, şaharning rejadan oşgan qismidan jalb qilinişi belgilangan.
Barça maʼlumotlar oçiq manbalar, OAVdan olindi.
