Toşkent markazidagi avtoturargoh örnida quriliş boşlandi

Matn19-may, 2020, 10:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Igna taşlasang, böş yerga tuşmaydi

Toşkent şahri tobora ziçlaşib, böş yer deyarli qolmayapti. Balki megapolislar uçun şunaqa ham bölişi kerakdir. Ammo şaharsozlik qoidalari, fuqarolarga qulayliklar haqida ham kimdir qayğuradimi?

Vijdonan aytingçi, sönggi yillarda köçalarda maşina qöyiş uçun biror şaroit yaratildimi? Yöq. Aksinça muammo tobora kattalaşib bormoqda.

Kuni-keça «Poytaxt» savdo markazi röparasidagi avtoturargoh örnida quriliş işlari boşlandi. Xabar berilişiça, bu joy Toşkent şahar hokimining 2019-yil 28-martdagi 467-sonli qarori asosida Çexiyaning «IMP NEW PAY» kompaniyasiga 25 mln AQŞ dollaridan kam bölmagan investitsiya kiritiş şarti bilan teppa-tekinga, heç qanaqa tenderlarsiz berib yuborilgan.

Eng qiziği, buni qarangki, qandaydir tasodif bilan çexiya kompaniyasining 95%lik uluşiga özimizning «Real House» quriliş firmasi rahbari, Özbekiston fuqarosi Isroil Yunusov egalik qilar ekan.

Va undan ham qiziği poytaxtning qoq markazida bozor qiymati taxminan 1 mln dollarga teng bölgan bu joy berib yuborilgan Çexiyaning «IMP NEW PAY» kompaniyasining ustavida atigi 1000 kron (40 dollar) bor ekan.

Kimni aldayapmiz? Qaçongaça aldaymiz?

Avtoturargoh borasidagi mantiqsizliklar haqida ikki oğiz.

Butun jamoatçilik agar bu yerda biznes markaz qurilsa, unda şu atrofdagi juda köp taşkilotlarning xodimlari maşinasini qayerga qöyadi, axir bu yer markaz bölsa, hammayoqda taqiqlovçi belgilar bor bölsa, böş joydan umid ham qilmasa böladiku, deya eʼtiroz bildirmoqda.

Şahar hokimligi esa qurilayotgan 9 qavatli binoning yertölasidagi 3 ta qavatda bepul avtoturargoh bölişini aytmoqda. Buzilayotgan sobiq avtoturargohda 180ta avtomobil uçun örin bölgan bölsa, quriliş bitganidan söng 250ta avtomobil uçun örin qilinar ekan. Yaʼni 70 taga joy köpayadi.

«Demak, xavotirlarga örin yöq, quriliş yakuniga köra avtoturargoh nafaqat yöqolmaydi, balki siğimi kengayadi», deyiladi xabarda.

Lekin bu gaplarda unçalik ham mantiq yöq, odamlarni çalğitiş bor xolos. Hozir tuşuntiraman.

Uşbu avtoturargoh siğimi şundoq ham hozirgi şaroitda atrofdagi taşkilotlar xodimlarining ehtiyojlari uçun yetmas edi. Şu sababli ham öşa atroflarda köçalarga taqiqlovçi belgilar tagiga ham maşinalar qöyib taşlanadi. Çunki xalq şunça majbur, boşqa iloji yöq.

Endi tasavvur qiling, bu yerga 3 qavati savdo dökonlari, qolgan 6 qavati ofislardan iborat bölgan biznes markaz qurilsa, demak hozirgi siğimga kamida yana 300 ta maşina qöşiladi, deganimi? Yaʼni 250 talik avtoturargoh 9 qavatli biznes markazni öziga kamlik qiladiku. Biznes markazni öziga yetmasa, atrofdagi taşkilotlar xodimlari keyin nima qiladi?

Şunçaki tasavvur qilinglar, yuzlab insonlar maşinalarini qayerga qöyişadi? Bunga kimdir mantiqli javob bera oladimi?

Ha, aytgança yana bir gap. Şahar hokimligi investor (yaʼni yurtdoşimiz) qurilişni ança keç boşlaganini aytmoqda. Xöş, agar u qurilişni ança keç tugatsa, unda nima böladi? Yaʼni quriliş aytaylik 5-6 yil davom etsaçi? Demak 5-6 yilgaça 250 talik avtoturargoh ham bölmaydi, şundaymi? Bu paytda aholi nima qiladi?

Bu hozirça juda oddiy va yengil savollar xolos. Biz hali bir yumalab xorijiy investorga aylanib olgan mahalliy tadbirkorlarimizga heç qanaqa tendersiz, tekinga berilgan 1 mln dollarlik yer haqida çuqurlaşib söramayapmiz. Uni boşqa tegişli taşkilotlar köproq söraşi kerak aslida...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek