Ğofur Ğulom boğining berilişidagi şubhali sxemalar
Uyalmay qöyişdi
Toşkent şahridagi Ğofur Ğulom boği 2019-yilda singapurlik investorga 49 yilga TEKINGA va TENDERSIZ berilgan. Lekin bu haqda oradan 1 yil ötib maʼlum qilindi.
2019-yil 13-fevralda 700 AQŞ dollar boşlanğiç badal bilan oçilgan Singapurda oçilgan BMP Smart Decision Private Limited şirkatining yagona taʼsisçisi — özbekistonlik Halimov Şerzod.
Yana öşa eski sxema. Özimiznikilar xorijda soxta firma oçadi, keyin ular "xorijlik investor" niqobi ostida mamlakatdagi katta-katta, öta qimmat yerlarni, binolarni tekinga, tendersiz oladi.
Bunaqa sxemalar ming marta foş böldi, har safar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bong urildi. Lekin na birorta tergov organi tekinga berilayotgan mulklar masalasini tekşirib, munosabat bildirdi, na amaldorlar bunaqa sxema qilişdan uyalib, bu işni töxtatişdi. Barçasi xuddi heç narsa bölmaganday davom etmoqda. Barça kar, barça kör, barça soqovga aylangandek göyo.
Yana ham bilmadimu, köz öngimizda Özbekistonni bölib olişayotganday hissiyot paydo bölmayaptimi Sizda?
👉 @xushnudbek 👈


