Pasportida muammosi bor abituriyentlar uçun qöşimçalar

Matn19-iyul, 2020, 08:401 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz⚡️Паспорти билан муаммо бўлаётган абитуриентлар диққатига! #abituriyent Кўпчилик абитуриентлар паспорти билан муаммоси борлиги туфайли, онлайн рўйхатдан ўта ол…

Pasportida muammosi borlar böyiça ayrim qöşimçalar:

#abituriyent

➖ keçagi xabarimizda aytilgan 4-toifa OTMlarga borişi şart emas ekan. Yaʼni pasportini yöqotgan yoki şikastlagan, yangi pasport oliş uçun ariza bergan, ammo hali pasporti tayyor bölmaganlar eski pasportining maʼlumotlari bilan DTM saytida onlayn röyxatdan ötişlari mumkin. Keyinçalik yangi pasport olganda eski pasport bilan röyxatdan ötganligi muammo bölmaydi. Ammo testgaça ular albatta yangi pasport olişga ulgurişlari kerak, yöqsa testga qöyilmaydi;

➖ pasport oliş yoşiga yetgan, lekin hali pasport olişga ulgurmaganlar uçun 1-ilovadagi (oldingi 9-şakl) maʼlumotnoma faqat röyxatdan ötiş uçun beriladi. Lekin testga kiriş uçun ularda pasport albatta bölişi, yaʼni test boşlangunga qadar pasport olişga ulgurişi kerak;

➖ olingan maʼlumotlarga köra, bugun - yakşanba kuni ham abituriyentlarga qulaylik yaratiş maqsadida köplab tumanlardagi pasport stollar işlaydi. Faqat ovora bölib qolmaslik uçun borişdan oldin imkon qadar telefon raqamini topib, aniqlaştirib, keyin borsangiz maʼqulroq böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek