Toşkent propiskasini oliş böyiça layfxak

Matn30-yanvar, 2019, 18:253 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Propiska böyiça layfxak

Toşkent propiskasini oliş dardida tunlari bilan uxlolmay çiqayotgan yurtdoşlarimiz köpçilikni taşkil qilişi bor gap. Şu mavzuda savollar ham köp.

Xabaringiz bor, yaqinda Toşkentda propiskasi bölmagan şaxslar ham istalgan narxdagi yangi uylardan birini sotib olsa, 1-band böyiça propiskaga kirişi belgilandi. Avvalgilarga öxşab, kamida EKIH 2500 baravari degan çeklov bekor böldi.

Köpçilikda yangi uylardan sotib oliş uçun imkoniyat bölmasligi mumkin. Bugungi kunda «yangi uy» va «arzon» degan tuşunçalar yer va osmon kabi bir-biriga qarama-qarşi.

Yoki ayrimlarda uy oliş uçun ehtiyojning özi yöq. Sababi uning şundoq ham Toşkentda uyi bor, faqat özining propiskasi bölmagani uçun, biror tanişining nomiga rasmiylaştirişga majbur bölgan. Ular öz uyini (!) öz nomiga (!) ötkaziş uçun esa propiska olişi kerak va buning uçun yana faloooon pul sarflab yangi uylardan sotib oliş «nevigodno» albatta.

❗️Layfxak

Agar şu kabi muammolar qinayotgan bölsa, unda Sizlarga maslahatim, yangi uylarni bir kişi emas, bir neça kişi pul qöşilişib, sotib olsangiz böladi.

Bu nima degani?

Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga binoan, ikki yoki bir neça şaxs şartnoma imzolaşi mumkin. Yaʼni biror mulkni albatta 1 kişi sotişi yoki 1 kişi sotib olişi şart emas. Taraflar köpçilik bölişi mumkin.

Şundan kelib çiqib, yangi qurilayotgan uylarni 3-4 kişi örtaga pul taşlab (uluş qöşib) sotib olişi ham mumkin. Bunday holda propiskaga oid qonun hujjatlariga binoan, sotib oluvçi tomon neça kişi bölsa, ularning hammasi 1-band böyiça propiskaga kiradi.

Masalan, meros huquqi asosida yuzaga keladigan vaziyatni olaylik. Aytaylik, kimdir Toşkentdagi uyini propiskasi yöq 3 kişining nomiga vasiyat qiladi. Uning vafotidan söng, uy uçala merosxör nomiga rasmiylaştiriladi (kadastrdan ham ötkaziladi) va natijada öşa 3 kişi Toşkentdan propiska oladi. Yangi uylardan bir neça kişi sotib olişda ham xuddi şunaqa böladi.

(ayrim maklerlar qari, yolğiz, kasalmand insonlarni topib, vasiyatnoma yozdirib beriş evaziga biznes qilişi ham yolğon emas)

ESLATMALAR

Faqat bunday qarorga kelişdan oldin quyidagilarga eʼtibor qarating:

1) duç kelgan şaxslar bilan emas, özingiz haqiqatdan işongan insonlar bilan birgalikda uy sotib oling, çunki ertaga muammo bölişi mumkin (aslida şartnomada kim qança uluş qöşgani yozilsa, katta muammo ham bölmaydi);

2) öşa sotib olingan uyda barçaning birdek haqqi bölişini unutmang;

3) propiskaga kirib bölgaç, yangi uyni 3 yil içida sotib bölmas ekan, degan gaplar notöğri. Bemalol sotiş mumkin. Faqat bu ortiqça katta xarajat degani. Aniqroği agar yangi uy 3 yil içida qayta sotilsa, EKIHning 400 baravari, yaʼni 81 mln 92 ming söm davlat boji tölanadi. Va öz-özidan bu davlat boji odatda uyni sotayotgan şaxslar zimmasiga tuşişini unutmang;

4) olingan maʼlumotlarga köra, barça developerlar ham özlari qurgan yangi uylarni bir neça kişiga sotişga rozi bölmayotgan ekan. Ular bunday köp tomonlama oldi-sotdi şartnomalarini notarius tasdiqlab bermasligidan xavotirda. Ammo bu asossiz qörquv. Bir neça taraflardan iborat oldi-sotdi şartnomalarini notariuslar rad qilişga heç qanday asos yöq.
Uşbu maqolani tayyorlaş çoğida ayrim notariuslar bilan gaplaşdim, ular ham bir neça kişi sotib olayotgan uylarning şartnomasini tasdiqlaşda heç qanday muammo yöqligini taʼkidlaşdi.

5) Quruvçi bilan tuzilayotgan oldi-sotdi şartnomasida sotib oluvçi sifatida albatta bir neça kişining ism-şarifi körsatilişi kerakligini unutmang. Yaʼni şartnomada faqat 1 kişining nomi tilga olinib, notariusga borganda “biz 3 kişimiz” deya daʼvo qilmang, baribir foydasi yöq.

Xullas, şunaqa gaplar. Propiska yaratayotgan taqiqlar şu darajada «ajoyib»ki, uni aylanib ötiş uçun xalq tomonidan mana şunaqa undanda ajoyib usullar öylab topilaveradi, topilaveradi... Faqat bir tomoni yomon, bugun propiska ilinjida har narsaga tayyor şaxslar körayotgan usullar ertaga yangi nizolarni köpaytirişi, muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Sunʼiy tösiqlar heç qaçon jamiyat foydasiga işlamagan. Buni tarix isbotlab qöyganiga ança bölgan.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • ❤ 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek