Siyosatşunoslik fani oliy taʼlimga qaytmoqda
«Siyosatşunoslik» fani oliy taʼlimga yana qaytmoqda
2019-yil 29-yanvardagi PQ-4139-sonli Prezident qaroriga binoan, siyosatşunoslik sohasi böyiça yana oliy taʼlim beriş qayta yölga qöyiladi.
Bunga köra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida joriy yilda quyidagi kvotalar ajratiladi:
Bakalavr – «Siyosatşunoslik» yönalişi – 20 ta örin (şundan 5 ta davlat granti);
Magistratura – «Amaliy siyosatşunoslik» - 10 ta örin (şundan 2 ta davlat granti).
Şuningdek, «Siyosatşunoslik fanlari» sohasi böyiça doktorantlar uçun ham jami 6 ta örin ajratiladi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, JIDUda «Siyosatşunoslik» kafedrasi taşkil etiladi.
Agar eslasangiz, Oliy va örta maxsus taʼlimi vaziri A.Vahobovning 2015-yil 24-avgustdagi 310-sonli buyruği bilan oliy taʼlim tizimida «Siyosatşunoslik» fani öquv rejalaridan çiqarib taşlangani öz vaqtida ança şov-şuv kötargan hamda bu haqida OAVlarda çiqişlar qilingandi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- ❤ 2

